Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə225/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

312-mashq. O’qing. So’z birikmalarini aniqlang. Faqat yordamchi so’zlar vositasida tuzilgan so’z birikmalarini ko’chirib, turini ayting.

1. U hamisha oldinga, kamolot sari intildi. Xo’sh, kamolotning o’zi nima? Kamolot ulkan mehnat va insonga nisbatan chuqur mehr-muhabbatdir. Kamolot kishining o’z iste’dodini yuksaltirishi va bilimini boyitishidir. Eng muhimi shuki, kishi o’zi orttirgan bilimini boshqalar bilan o’rtoqlashmog’i lozim. (L. Batь.) 2. Karimjon bilan ikkalamizga ayvonga joy qilib berishdi. Mayin shamol daraxt yaproqlari bilan so’zlashayotgan kabi, uzoqdan soy shivirlaydi. Qo’rg’onning orqasida bulbul xonish qiladi. Gullarning yoqimli isi dimoqqa uradi. Uyqum o’chib, notanish yerlarning sehrli tungi manzarasini tomosha qilib yotdim. (S. Yunusov.)


313- mashq. O’qing. Affikslar yordamida, yordamchi so’zlar vositasida, shuningdek, intonatsiya orqali tuzilgan so’z birikmalaridan ikkitadan ko’chirib, birikma hosil qilishda ishtirok etgan vositalar tagiga chizing.

1. Iroda insonning qudrati, sevishi va sevilishi, nafrati va quvonchi, vafosi va ishonchi demakdir. (J.Abd.) 2. Navoiy keksa do’stiga Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si bilan sandal daraxti po’stlog’ining shirasidan tayyorlangan qimmatbaho dori hadya etdi. (L. Batь.) 3. Turli millatdan tashkil topayotgan bu ulkan oila Qizilqumda haqiqiy do’stlik qasrini o’rnatmoqda edi. (J. Abd.) 4. Davlat ishlarida siz kabi olijanob zotlar qancha ko’p bo’lsa, yurtimiz shunchalik tez ravnaq topgusidir. (L. Batь.) 5. Tepaqo’rg’onda yangragan karnay-surnay ovozlari butun kengliklar sari parvoz qildi. (J. Abd.) 6. Kulgi bir nafas tinmasa ham, vaqt juda sekin o’tmoqda edi. (O. Yo.)



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin