311-mashq. O’qing. Gaplar tarkibidagi frazeologik birikmalarnn aniqlang, so’z birikmalaridan farqini tushuntiring.
1. Qosh qorayib qolgan. Pastqam tepaliklar qurshagan Jarqoq dengizdagi charog’on kemaday uzoq-uzoqlardan ko’rinib turibdi. (I. R.) 2. A’zamning hafsalasi pir bo’lib, tarvuzi qo’ltig’idan tushdi, battar ter bosdi. (SH.) 3. Ishga sho’ng’ib ketganidan qulog’iga gap ham kirmaydi. (S. Nazar.) 4. Bu yashnab turg’an gul qanchadan-qancha kishilarning bahridilini ochardi. (S. Ahm.) 5. U shunday ostin-ustin bir vaqtda bir o’q bilan ikki quyonni urmoqchi bo’ldi. (P. T.)
Dostları ilə paylaş: |