Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə232/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

23-mashq. O’qing. Buyruq gaplarni ko’chirib, ma’no munosabati va tinish belgilarini izohlang.

1. Darveshali, ... har ishga bel bog’lar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini o’zingiz uchun bir mezon deb biling. (O.) 2. Navoiy, qilichni ko’tarmasdan, ...keskin turda so’zladi: “Qilichlarni qinga joylangiz, shu lahzada taslim bo’lingiz!” (O.) 3 Murodovani siz kutib oling, shunday kutib olingki, bu yog’i mahkam bo’lsin. (I. R.) 4. Priborlarni o’z joningdan ham avaylab saqla. (A. CHakovskiy.) 5. Kartani sizga qoldiraman. Belgilarni o’z kartangizga o’tkazib oling. Keyin sizdan olaman. Hozir esa, keling, soatlarimizni bir-biriga to’g’rilab olaylik. (A. CHakovskiy.) 6. O’zingni tut, Saodat, kishilarni shubhaga solma, sen ularning hammasiga bir ko’z bilan qaraydigan kishisan. (I. R.) 7. Bir qop somon suvga tashlansin, Qaerda charx ursa aylanib, Quvur shunda to’sa boshlansin. (S. Nazar.)


324-mashq. O’qing. Undov gaplarni topib, ularni turlarga ajrating: darak-undov, so’roq-undov, buyruq-undov gaplar.

1. Doimo olg’a qarab intilish, hamma vaqt yangilik qidirish, yutuqlardan mag’rurlanmaslik, muvaffaqiyatsizliklar ko’ndalang bo’lganida ham tushkunlikka berilmaslik, shuhrat ketidan quvmaslik mening oliy maslagim bo’lsin! (J. Abd.)

2. Inson qalbiga yo’l topish — juda mushkul, ayni mahalda katta san’at! Orzu-havaslarga to’la, nozik hissiyotlar bilan yashovchi, qaynoq ehtirosli qalbni asray bilish, ehtiyot qilish — fazilat! Inson atrofidagi hamma narsani ana shu qalb ko’zi bilan ko’radi! Ana shu qalb shishaday chil-chil sinsa, nohaq toptalsa, iztirob o’tida qovurilsa, uni o’nglash qiyin bo’ladi! (S. Abd.) 3. O’z qo’lim bilan achchiqqina palov qilaman. Qani, yemasdan ketib ko’r-chi! (O.) 4. Hoy, o’roq-ketmonning asl egalari! Yer-suvning sohibkorlari! Ko’zlaringizni ochinglar! Yer-suv, hukumat, jamiki boylik sizlarniki! Boy va eshonlarga noningizni tuya qildirib kelganingiz yetar! O’g’il-qizlaringizni o’qiting! (N. S.) 5. Tabiat oshiqlari va turistlar! Qo’nib o’tgan joyingizni aslo iflos qila ko’rmang. O’zingizdan keyin keladigan kishilar haqida ham qayg’uring! Kishining madaniyati uning tabiatga bo’lgan munosabati bilan belgilanishini unutmang! (A. Kolbintsev.)


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin