Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə235/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.

Yi g‘iq va yoyiq gaplarni, ikki bosh bo‘lakli va bir bosh bo‘lakli gaplarni aniqlash bo‘yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
327-mashq. O’qing. Sodda gaplarni topib, tarkibiga ko’ra turini ayting. Bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gaplardan ikkitadan ko’chirib, farqini tushuntiring.

1. Vatan o’g`limizni o’z xizmatiga loyiq topibdi. Borsin. Hunar o’rganadi, mehnatda pishadi, tengdoshlari oldida yuzi yorug` bo’ladi. (H. G`.) 2. Kelmaydi. Mototsiklini patillatib Suluvingizning oldiga ketdi. (S. Ahm.) 3. Men o’g`limning Vatan oldidagi burchi yozilgan bir enlik qog`ozni qayta-qayta o’qib, eshik oldida bir necha daqiqa turib qoldim. (H. G`.) 4. Astrobodga kelingan dastlabki kunlarda to’da-to’da mehmonlarni qabul qilishga, ularning tahsinlarini tinglashga va o’z navbatida ularga maslahatlar berib, nasihatlar qilishga to’g`ri keldi. (L. Bat.) 5. Birinchi bo’lib motorga o’t berish bilan boshqalarni ham jadal ishga chorlaydi. (J. Abd.) 6. Daraxtzor hovlidagi skameykalardan birida Malika uch-to’rt xotin bilan suhbatlashib o’tirardi. (H. G`.) 7. Malikaning so’zlarini zaldagilar qarsaklar bilan kutib olishdi. (H. G`.)


328- mashq. O’qing. Yig`iq va yoyiq ikki bosh bo’lakli gaplarni aniqlang. YOyiq ikki bosh bo’lakli sodda gaplarni yig`iq gaplarga aylantirib ko’chiring.

1. Komiljon yangi ferma binosi ichidan chiqarilgan quvur oldida qazilayotgan ariqning narigi yuziga o’tib to’xtadi. (I. R.) 2. Haydar — montyor, Anorxon —zveno boshlig`i. (I. R.) 3. Axir, Vatanim bepoyon, keng-ku. Mirzacho’lda bilagimni shimarib men ishlamasam, kim ishlaydi!? (B. Daminov.) 4. Kechasi. Vaqt allamahal bo’lib qolgan... Erta-indin imtihonlar boshlanadi. Qecha-kunduz berilib kitob o’qiyman. (SH. Siddiqov.) 5. Tog` yo’li boshlandi. Pastak adirlar oralab ketgan kaftdek yo’l ilon izi bo’lib malla rang qirlar orasida yo’qolib ketardi. (S. Ahm.) 6. Hamma jimib qoldi. Odamlarning ko’z oldiga toshlarni Farhoddek qulatgan Rustamjonning pahlavon qiyofasi kelardi. (S. Ahm.)



329- mashq. O’qing. Yoyiq sodda gaplardagi ega va kesim tarkibini ayting.

Dastlabki kunlar yo’l uncha mashaqqatli bo’lmadi. CHo’l o’tlari endi qovjirab kelayotgan bo’lsa ham onda-sonda buloqlar atrofida ko’m-ko’k o’tloqlar uchrab turardi. Bora-bora cho’l sahroga aylandi, odamlar va otlarning suvga ehtiyoji osha bordi. Afsonaviy otlarning taqalariga o’xshab uyulib qolgan qumtepalardan oshib yoki chetlab o’tish oson emas edi. Qora terga tushib hansiragan otlar oyoqlarini qumdan arang tortib olib, boshlarini quyi solganlaricha bitta-bitta qadam tashlab borardi. Sahroning berahm quyoshi yomon niyatda kelayotgan bu qurolli odamlarning boshidan olov selini quyar, ichlarini kuydirib, tashnalikdan lablarini qovjiratar, qumlar ustida jimirlab turgan qaynoq havo o’pkalarini yondirardi. (M.Osim)

o’rnini va intonatsiyasiga ko’ra qo’yilgan tinish belgilarini tushuntiring.





Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin