331-mashq. Ko’chiring. Eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to’g’ri chiziq chizing; kesimning tuzilish jihatdan turlarini izohlang.
1. Ana shu saksovullar, ana shu barxanlaru, qo’y-qo’zilar mening odamligimni tanitdi. (M. Salom.) 2. Bu yer xuddi qal’aning devoriday tik. (H. G’.) 3. Fonarь ko’targan to’rt qiz ichkari kirishdi. (S. Ahm.) 4. Endi ishimiz — besh. Endi sen bilan biz g’olib chiqdik. (Yu. Semyonov.) 5. Ikki yuzga yaqin kursantlar o’rtasida eng yoshi men bilan Oqil edi. (N. S.) 6. Bu odamdan juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni talab qiladi. (O.SHarafiddinov) 7. Adolatsizlnk gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq — ulug’ baxt! (SH.) 8. Kitob o’qimaydigan boshliq — sho’rimiz, u na san’atning, na adabiyotning, na ilmning qadriga yetadi. (Mirm.)
Dostları ilə paylaş: |