337-mashq. O’qing. Avval vositasiz, so’ngra vositali to’ldiruvchilarni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birikma tarzida ko’chiring, farqini tushuntiring.
1. SHu kichkina oppoq qo’lchalar Vatan burchini oqlar, albatta! (Mirm.) 2. Naqqoshga yasatig’liq bir ot in’om qilinadi, qolgan mehmonlarga esa qimmatbaho sarpolar kiygizildi. (L. Batь.) 3. Erkni, qirni, daryolarni, cho’lni qo’msab qoldi dil. (SH. Rustaveli.) 4. Munavvar balanddan olingan tuproqni yerning chuqurroq yeriga to’kkach, ... bir kosa qatiq keltirib, mehmon oldiga qo’ydi. (S. Nazar.) 5. Uzoq-uzoq elatlarga, ellarga, Janub yoqda turfa-turfa gullarga, Mushtoq bo’lgan qancha-qancha dillarga Bizdan salom eltadilar turnalar. (H. G’.)
338-mashq. O’qing. Kelishik affikslari va ko’makchili so’zlar bilan kelgan to’ldiruvchilarni topib, o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chiring.
1. Otang, albatta, keladi, onang seni qidirib yuribdi, bugun-erta kelib qoladi, deb bolalar qalbida umid chirog’ini so’ndirmay yurgan hamshiralar, murabbiyalarni ko’rganda odam uchun faxrlanmay bo’ladimi! (H. Tojiboev.) 2. Gulnoz to’rttagina uzum g’ujumini piyolaga solib ezdi va choy qoshiqda buvi labiga tutdi. (H. G’.) 3. Urush haqida ham, tinchlik, arzonchilik haqida ham hech narsa demadi. (H. Nu’mon, A. SHorahmedov.) 4. “Aziz otamizning fikrini, yo’lini himoya qilmoq uchun, — dedi Sultonmurod bo’g’iq va hazin ovoz bilan, — qilichingizni mahkam tuting, bahodir!” (O.) 5. “O’zbekning o’z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo’shgan hissasi bilan o’lchanadi”, — deya o’z so’zini dabdaba bilan tugalladi Xalilov. (I. R.) 6. Men tinchlik haqida qo’shiq aytaman, Bulbul gul ishqida kuylaganiday. (U.)
339-mashq. O’qing. To’ldiruvchilarni topib, ifodalanishini ayting, birikma holida qo’llangan to’ldiruvchilarni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birga ko’chiring.
1. Qiz bolaning bunchalik mard bo’lishini men endi ko’rishim. (P. Q.) 2. Na Mansurov Zebinisodan gina qildi, na Zebiniso undan. (F. Niyoziy.) 4. To’g’onlar, kotlovanlar uchun, suvni tez oqizish zarur bo’lgan joylar uchun beton kerak. (J. Abd.) 4. Qanday qilib eshiklardan o’tganini, zinalardan chiqqanini bilmadi. (SH.) 5. Saltanat shularning barini kattalardan eshitgan edi. (O’.Usm.) 6. Men buvimlarni tez-tez ko’rishni, biznikiga kelishlarini, yo ularnikiga borishni yaxshi ko’rardim. (O’.Umarbekov.)
340-mashq. O’qing. Ajratilgan to’ldiruvchilarni topib, ular qaysi so’zni izohlayotganini tushuntiring.
1. Mashhur terimchi Xosiyatoyni — gavdasi ham, ko’zlari ham kichkinagina, lekin zuvalasi pishiq, harakatlari yengil, chaqqon yosh ayolni — hurmat bilan to’rga o’tqazishdi. (O.) 2. Bola taqlidchi bo’ladi, u sizga, o’z otasiga, taqlid qilishga harakat qiladi. (S. Z.) 3. Biz uchun, suvi kul rang dengiz farzandlari uchun, bu — bir jonli afsona. (Yu. Smuul.) 4. Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo’lish hazil gap emas! (O’. U.) 5. Aksari dilgir bo’lgan chog’larida u o’zining eng asl do’stlari — kitoblariga murojaat qilardi. (L. Batь.)
Dostları ilə paylaş: |