317-mashq. Bitishuv yo’li bilan tuzilgan so’z birikmalarini topib ko’chiring, ularning ifodalanishi va boshqa birikmalardan farqini ayting.
1. Serfayz bahor darakchisi bo’lgan bu havo Saodatning diliga quyildi, ruhi yana ham tetik tortib ketdi. (I. R.) 2. Maktabning katta zalida sozandalar saf tortib muzika chalmoqda. Yoshlar birin-ketin raqsga tushmoqda. (I. R.) 3. Saodatning yuragi sof sevgiga to’la edi. U yoshligidan qishlog’i, onasi, jajji singlisini sevardi. Mevazor bog’ni, uning har bir tup o’rigi, olmasi, gilosu olchasini, gulini, qushlarini, quyoshi, oyi, yulduzlari va oqin suvlarini chin qalbdan yaxshi ko’rardi. Keyin bu qalbga Bahodirning iliq nafasi, otashin muhabbati qo’shildi. (I. R.) 4. Ular shovillab oqayotgan daryo bo’yida jimgina turishardi. O’ynoqi ko’klam yeli bu qo’shaloq baxtiyor yoshlarning boshiga xushbo’y is taratib turgan olma gullarini yog’dirardi. (K. Moiseeva.)
3-ilova
1. Moslashuvli birikmalarda so’z o’zgartuvchi qo’shimchalardan qaysilari faol qatnashadi?
A) shaxs-son qo’shimchasi V) egalik qo’shimchasi S) kelishik qo’shimchasi
D) A va V Ye) A, V va S
2 Egri tayoqning butog’i burunni yirtar. Ushbu maqolda so’zlarning o’zaro aloqasi qanday yo’l bilan amalga oshgan?
A) gapda so’zlar teng va tobe bog’langan V) boshqaruv va moslashuv yo’li bilan S) faqat boshqaruv yo’li bilan D) bitishuv va boshqaruv yo’li bilan Ye) moslashuv, bitishuv va boshqaruv yo’li bilan
3 Sanjar bilan SHerzod bog’ tomon yurdilar. Ushbu gapdagi bog’ tomon yurdilar birikmasi o’zaro qanday yo’l bilan bog’langan?
A) ko’makchili boshqaruv yo’li bilan V) moslashuv yo’li bilan S) kelishikli boshqaruv yo’li bilan D) teng bog’lanish yo’li bilan Ye) bitishuv yo’li bilan
4 So’z birikmalarida ergash so’z ravish yoki sifatlar bilan ifodalansa, ular bosh so’zga asosan qanday yo’l bilan birikadi?
A) moslashuv yo’li bilan V) bitishuv yo’li bilan S) boshqaruv yo’li bilan
D) bitishuv yoki boshqaruv yo’li bilan
E) moslashuv yoki boshqaruv yo’li bilan
5 Boshqaruvli bog’lanishda qaysi kelishiklar so’zlarni o’zaro bog’laydi?
A) qaratqich, tushum va jo’nalish
V) tushum, jo’nalish va o’rin-payt S) jo’nalish, tushum, o’rin-payt va chiqish D) qaratqich, tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish
E) barcha kelishik.
6 Bosh so’z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikmani toping.
A) gulni sevmoq V) senda ko’p
S) xurmat bilan yondashgan
D) idish-tovoqlarni arta-arta
E) a’lochilarning har biri
7 Bitishuv munosabatidagi birikmalarni aniqlang.
A) ko’klam quyoshi, bahor tongi
V) maftunkor chehralar, tezda kelmoq S) o’lkamiz chiroyi, ko’l suvi D) xat yozdi, quduq qazdi, so’z sehri Ye) A va V
8 Quyidagilarning qaysi biri qaratqichli birikma?
A) oltin soat V) yurtimiz yoshlari
S) uzum yedi D) peshin chog’i
E) yog’och ko’prik.
9 Kelishikli boshqaruv qatnashgan gapni aniqlang.
A) Mol topguncha aql top.
V) Ko’ringan tog’ning yirog’i yo’q.
S) Xalqim uchun, Vatan uchun kurashdim. D) Ot birdan sapchidi.
E) O’quvchilarning tashabbusi bilan ish boshlandi.
10 Sifat+ot shaklidagi birikuvlarda quyidagi vositalarning qaysi biridan deyarli foydalanilmaydi?
1) kelishik qo’shimchalaridan;
2) ko’makchilardan; 3) ohangdan;
4) so’z tartibidan.
A) 1, 2 V) 2, 3 S) 3, 4
D) 2, 4 E) 1, 3.
Mashg’ulotni yakunlash. O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Dostları ilə paylaş: |