10 Quyidagi gaplardan qaysi birida modal so‘z qo‘llangan?
Ona o‘z o‘g‘lini sevadi faqat (H.O.) B) Yuragimni berib ketsang bas.(Uyg‘un) C) Hattoki ish shu qadar jiddiy bo‘ldi. D) Yolg‘iz sensan mening tilagim. E) Sen ham shu uyning bekasisan.
Undov so‘zlar haqida ma’lumot
His-hayajon, tuyg‘uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so‘zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xo‘sh, rahmat, balli, bay-bay, voy-bo‘y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, ie, o‘h, o‘hho‘, hm, him, be, tuf, hah, ho, hay-hay, eh, o‘, ha, iyi. Bu so‘zlar mustaqil so‘zlarga ham yordamchi so‘zlarga ham kirmaydigan ayrim so‘z turkumidir.
Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin: oh, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay, hay-hay.
Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
Undovlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |