2. Buyruq-xitob undovlari ikki xil bo‘ladi: 1) odamlarga qaratilgan undovlar: a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo‘llanadigan: hoy, hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey; b) ta’kid, buyurish uchun qo‘llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar: a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo‘llanadigan: kisht, bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey; b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to‘xtatish uchun qo‘llanadigan: ishsh, ho‘k, tak; v) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan: pisht, drr, xix, hov-hov, cho‘k, tek, hayt, chu.
3. Ko‘rsatish, ta’kid undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) ko‘rsatish: hu, huv, hovv; 2) javob, tasdiq, ta’kid, mulohaza: ha-ha-ha, xo‘sh, labbay, ha.
Bulardan tashqari, quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim darsliklarda nutqiy odat undovlari deb ataladi: (25; 100.) tarzida ajratish mumkin: rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.
Undovlar odatda deb so‘zi bilan qo‘llanib, hol (U “voy” deb yonboshiga yiqildi), degan so‘zi bilan qo‘llanib, gapda ko‘pincha sifatlovchi-aniqlovchi (Ko‘chada “dod” degan ovoz eshitildi) bo‘lib keladi. Undovlar otlashishi mumkin, bunda ular ega (Ularning dod-voyi osmoni falakka chiqdi.), kesim (Endi uning holiga voy) to‘ldiruvchi (Uning oh-vohiga kim quloq soladi?), qaratqich-aniqlovchi (Dod-voyning foydasi yo‘q.) vazifalarini bajaradi.
Taqlid so‘zlar
Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar deyiladi. Bunday so‘zlar ma’no jihatidan ikki turga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |