Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi.
Avval bola o`z xohish va iltimoslarini bir so`z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta
so`zdan iborat sodda jumlalar paydo bo`la boshlaydi.
Uchinchi davr – maktabgacha bo`lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bo`lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyasion jihatdan
oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari -
p, b, m, f, v va boshqalarni
o`rganadilar. Artikulyasion jihatdan talaffuz etish qiyin bo`lgan: shivirlovchi,
sirg‘aluvchi (
s, z,
sh, j, ch) va sonor
(r, l), til orqa (
k, g) tovushlarini talaffuzini
egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto`g‘ri
qo`llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
Bu davrda lug‘at boyligining o`sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning
aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so`zgacha etadi. Lug‘at boyligi o`sib borishi bilan birgalikda
nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4 - yiliga kelib, ular o`z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni
qo`llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo`shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5
yoshli bolalar qo`shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega
bo`ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va
undoshlarni, so`ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok
shakllangan bo`lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to`g‘ri talaffuzining shakllanishi
tugallanadi va bola har tomonlama to`g‘ri, aniq gapiradi.
Dostları ilə paylaş: