Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.2. Nutq kamchiliklari haqida tushuncha va nutqning buzilish sabablari. 
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to`g‘ri 
shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to`g‘ri nutq muhiti va ta‘lim-
tarbiyaga bog‘liq. 
Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy 
rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. 
Nutq buzilishlarini o`rganish, tushunish uchun bola nutqiningnormal rivojlanish 
yo`lini, bu jarayonning o`ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli 
shakllanishida katta rol o`ynovchi sharoitni bilish lozim. 
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa 
nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o`z vaqtida bilish va 
aniqlash uchun kerak bo`ladi. 
G.L.Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 
1) tayyorlov davri (2 yoshgacha); 
2) nutqning mustaqil shakllanish davri.
A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo`lib ko`rsatadi: 
1) tayyorgarlik davri – bola tug‘ilgandan bir yoshgacha; 
2) bog‘chagacha bo`lgan davr – 3 yoshgacha; 
3) maktabgacha bo`lgan davr – 7 yoshgacha; 
4) maktab davri. 
Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan 
iborat bo`ladi. To`g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig‘i 


nutq apparatining 3 bo`limini (nafas olish, ovoz hosil bo`lish, artikulyasion) 
rivojlanishida katta rol o`ynaydi. 
Ikki hafta o`tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e‘tibor bera boshlaydi. 
Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo`shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin 
bo`lib qoladi. Tez kunda bola intonasiyaga e‘tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda 
tinchlanadi, keskin intonasiyaga – yig‘laydi. 
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo`g‘inlarning talaffuzi paydo 
bo`ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq 
artikulyasiya qilinmaydi. 
Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion 
harakatini ko`rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq 
harakatlarni ko`p marotaba takrorlashi harakat ko`nikmasining mustahkamlanishiga olib 
keladi. 
6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba‘zi bo`g‘inlarni talaffuz eta 
boshlaydi (na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar). 
Ikkinchi yarim yillikda bola ba‘zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi 
va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi (bu, ma, bey). 
Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo`g‘inlarni qaytara boshlaydi. 
10-11 oyligida so`zlarning o`ziga reaksiya paydo bo`la boshlaydi (vaziyat va 
gapirayotgan kishining intonasiyasidan qat‘i nazar). 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin