Pedagogika fakulteti


taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya (



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya (anartriya), 
alaliya, afaziya ajratiladi; yozma nutqning buzilishlari orasida disleksiya (aleksiya) va 
disgrafiya (agrafiya) ajratiladi.
Psixologik-pedagogik tasnif tibbiy tasniflarni 
pedagogik jarayonda qo`llanish nuqtai nazaridan tankidiy tahlil qilish natijasida vujudga 
keldi (bu uslub logopedik ta‘sir etish deyiladi). Bunday tahlil logopediyani nutqiy 
rivojlanishi buzilgan bolalarni o`qitish va tarbiyalashga jalb etish bilan bog‘liq holda 
juda muhim buldi. Tadqiqotchilarning e‘tibori bolalar jamoasi (o`quv guruhi, sinf) 
bilan ishlash uchun zarur bo`lgan logopedik ta‘sir etish metodlarini ishlab chiqishga 
yo`naltirilgan edi. Buning uchun bolalardagi nutqning nonormal rivojlanishining turli 
shakllaridagi nuqsonlarning umumiy ko`rinishi, ayniqsa, o`qish jarayonida tuzatish 
uchun dolzarb hisoblanganlarini topish zarur edi. Bunday yondashuv buzilishlarni 
guruhlashda boshqacha prinsipni talab kildi. Bu shunday prinsipki, tibbiy tasniflash 
(umumiydan xususiyga emas, balki xususiydan umumiy-ga bo`lgan) uning asosiga 
ko`riladi. Bu uni lingvistik va ruhiy mezonlar asosida ko`rishga imkoniyat yaratdi. Ular 
orasida Nutq sistemasining tuzilish komponenti (tovush tomoni, grammatik tuzilishi
lug‘at zonasi), nutqning funksional jihatlari, nutqiy faoliyat turlarining (og‘zaki va 
yozma) o`zaro aloqadorligi hisobga olinadi. 
Keltirilgan tasnifda nutq buzilishlari ikki guruhga bo`linadi. 
Birinchi gurux — muomala vositalarining (nutqning fonetik-fonematik va 
umumiy rivojlanmay qolishi) buzilishi. 1. Nutqning fonetik-fonematik 
rivojlanmay qolishi - bolalarda ona tilini talaffuz qilish sistemasi shakllanish
jarayonlarining fonemalarini idrok etish va talaffuzdagi nuqsonlar oqibatida turlicha 
Nutq zaiflashuvlari bilan bog’liq ravishda buzilishidir.2. Nutqningto`liq rivojlanmay 
qolishiturli xil murakkab Nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush 
chiqarish va ma’noli tomonlariga taallukli barcha komponentlarining shakllanish 
jarayoni buzilgan bo`ladi. Umumiy alomatlari sifatida quyidagilar kayd qilinadi: nutq 
rivojlanishining kech boshlanishi, lug‘at boyligining kamligi, agrammatizm, 
talaffuzdagi nuqsonlar, (fonemalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday 


rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin: nutqning yuqolishi yoki 
uniig noaniq bog‘lanishsiz xolatidan mukammal xolatigacha, lekin bunda fonetik va 
leksik-grammatik rivojlanmay qolish elementlari bo`ladi. Bolada nutq vositalariniig 
shakllanganlik darajasiga qarab nutq rivojlanmay qolish uch darajag‘a bo`linadi.
Ikkinchi gurux — muomala vositalarini qo`llanishdagi buzilish (unga duduqlanish 
ham kiradi), bu muomala vositalarining to`g‘ri shakllangan xolatidagi Nutqning 
kommunikativ funksiyalarini buzilishi deb qaraladi. Bir necha xil (kombinasiyalangan) 
nuqson ham bo`lishi mumkin, bunda duduqlanish Nutqning umumiy rivojlanmay 
qolishi bilan qo`shilib ketadi. 
Yuqoridagi tasnifda yozish va o`qishning buzilishi alohida nutq buzilishi 
sifatida ajratilmaydi. Tasniflashda sistemali yondashuv prinsipiga izchil tayanish aks 
etadi, uning asosida ikkita o`zaro bog‘lanish hisobga olinadi: nutqiy faoliyat 
sistemasidagi buzilishlarning o`zaro bog‘lanishi va bolaning bir ko`rinishdagi ruhiy 
jarayoni hamda boshqa ruhiy tomonlaridagi buzilishlarning o`zaro aloqadorligi, 
ularning rivojlanishi nutq bilan uzviy bog‘langandir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin