Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

4. Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish 
natijasida sur’at-oxangning buzilishidir.Ma‘nodoshi: logonevroz; 
Markaziy bog‘langan bo`ladi, funksional yoki organik ko`rinishga ega, ko`prok 
bola nutqining rivojlanishida paydo bo`ladi. 5. Dislaliya - tovush talaffuz qilishning 
normal eshitish va nutq apparatining saqlangan innervasiyasi paytida buzilishi. 
Ma‘nodoshlari: tili chuchuklik (eskirgan), tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik 
nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar. 
Nutqning noto`g‘ri tovushli (fonemali) turlanishida: tovushlarni buzib talaffuz 
qilishda, tovushlarning almashinuvi yoki ularning yo`qligida namoyon bo`ladi. Nuqson 
shuning bilan bog‘liq, bo`lishi mumkinki, bunday paytda bolada artikulyar baza 
shakllanmaydi (artikulyar tomonning tovush talaffuz etish uchun zarur bo`lgan barcha 
jihatlari o`zlashtirilmaydi) yoki artikulyar tomon noto`g‘ri shakllanadi. Buning 
oqibatida nomuvofiq tovushlar hosil bo`ladi. Artikulyasion apparatning anatomik 
nuqsonlari bilan bog‘langan buzilishlar alohida guruxni tashkil etadi. Talaffuzning 
buzilishi psixolingvistik jihatdan yo fonemalarni ajratish va anglash operasiyalarining 
shakllanmaganligi oqibati (ya‘ni idrok etishdagi nuqsonlar), yoki saralash va ishlab 
chiqarish (shuningdek, unumlilik nuqsoni) vazifasining shakllanmaganligi, yoxud 
tovushlarni ishlab chiqarish shartlarining buzilganligi deb qaraladi.olimlarning 
kuzatishlaridan ayon bo‘lishicha, dislaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning 20-30 
foizida uchraydi. Avvalo , bu haqda pedagogning yetarli ma‘lumotga ega bo‘lishini 
nazarda tutib, dislaliyaning mexanik va funksional turlari haqida to‘xtalamiz. 


Periferik nutq apparati 9 tik, jag‘, tish, tanglay0 dagi buzilishlardan so‘ng 
mexanik dislaliya paydo bo‘ladi. Til tagidagi yuganchaning kaltaligi uning harakatini 
qiyinlashtiradi..bu mexanik dislaliya kelib chiqishining birinchi sababidir. Jag‘ 
tuzilishidagi kamchiliklar, masalan, yuqori jag‘ oldinga chiqqan bo‘lib, pastki old 
tishlari yuqori tishlar bilan birlashmasligi, yoki pastki jag‘ oldinga chiqqan bo‘lishi va 
yuqori hamda pastki jag‘lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qolishi singari 
holatlar mexanik dislaliyani keltirib chiqaradi. 
Shuningdek, tish qatorlarining qing‘ir-qiyshiqligi va tanglayning noto‘g‘ri 
tuzilishi ham talaffuz qilishga halal beradi yoki past, yassi bo‘lganida ham bola 
tovushlarni aniq-tiniq talaffuz etolmasligi mumkin. 
Funksional dislaliyaning keng tarqalishi sabablaridan yana biri oilada bola nutqi 
noto‘g‘ri shakllanganligidir. Ko‘pchilik xonadonlarda kattalar kichik farzandlari bilan 
,,bola tili‖da so‘zlashadi. Erkalab-suyib, chuchuk tilde bola bilan gaplashish yoqimli
lekin bu odat kelajakda bolakay nutqiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi ham ehtimoldan holi 
emas. Bir ota o‘g‘ilchasini ,,shoko o‘g‘lim, shiyingina yashshi o‘g‘lim‖ deya erkalaydi 
va bu odat tusiga kiradi. Qarabsizki, bola ulg‘ayganida ham otasiga taqlid qilib 
shokoladni,,shoko‖. ,,shirin‖ so‘zini ,,shiyin‖. Yaxshi demoqchi bo‘lsa nuqul ,,yashshi‖ 
deyaveradi.
Bundan tashqari, ayrim bolalar nutqidagi ksmchiliklarga, ularning tovushlarni 
buzib talaffuz qilishiga kattlar e‘tibor bermaydilar, o‘z vaqtida to‘g‘irlanmagan bunday 
xatolar bolada nutq nusoni rivojlanishiga olib keladi. Masalan, bola ,,tarvuz‖ so‘zini 
,,tavuz‖, ,,qor‖ so‘zini ,,qo‖, ,,randa ― so‘zini ,,anda‖ deb talaffuz qiladi. Yo bo‘lmasa 
tovushlarni almashtirib qo‘llaydi, masalan, ..kitob‖ni ,,titob‖, ,,gul‖ ni ,,dul‖, ,,soat‖ni 
,,toat‖ deydi. 
Anatomik nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga, ularning ishtirokisiz esa 
funksional xususiyatga ega bo`ladi. Buzilishlar odatda bola nutqining rivojlanishi 
jarayonida; periferik apparatning jaroxatlanish xollarida esa u xar qanday yoshda paydo 
bo`lishi mumkin. Ammo shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon qilishning 
fonasion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha bo`g‘inlarining bir paytning 
o`zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga rinolaliya va dizartriya kiradi. 6. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin