Pedagogika fakulteti


Bolaning fonematik eshitishni tekshirish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

 
Bolaning fonematik eshitishni tekshirish. 
Fonematik eshitish bolada bevosita nutqiy aloqa asosida shakllanadi. 
Maxsus ta‘limyoshdagi bolalar bir-biridan bir tovush bilan farq qiladigan so`zlarni 
ajrata olmaydilar, shuning uchun bolalarga bir tovush bilan farq qiladigan so`zlarni 
beramiz: 
gul - ko`l 
soch - qoch 
ko`z - tuz 
oz - och 
sim - shim 
baxor - naxor 
va shu so`zlarga mos rasmlarni topish va ko`rsatish ko`nikmasi aniqlanadi. 
 
So`zlarning tushunishni tekshirish 
Tekshirish shundan boshlanadiki, bolaga narsalarning nomi aytiladi va ularni 
ko`rsatib berish so`raladi. Masalan, tana qismlari - ko`z, peshona, yuz, burun, soch, 
daxan, qo`l, oyoq va boshqalar. 
Keyin bolaga uy jihozlarini: stol, stul, shkaf, qandil, ko`zgu; o`yinchoqlardan - 
qo`g‘irchoq, mashina, koptoklarni ko`rsatish taklif qilinadi. 
So`zlarni tushunishni tekshirishning keyingi bosqichi rasmda tasvirlangan 
narsalarni tanish ko`nikmasini aniqlashdan iborat bo`ladi. Bunda bolaga turli mavzuli 
guruxlarga kiruvchi va bir-biridan shakli, rangi, hajmi va son jihatidan farq kiluvchi 
narsalar tasvirlangan rasmlar ko`rsatiladi. Bu rasmlarda uy hayvonlari va yovvoyi 
hayvonlar, o`yinchoqlar, sabzavotlar, mevalar, idish-tovoqlar, transport, shuningdek yil 
fasllari tasvirlangan bo`ladi. 
Bu didaktik material bolalar bog‘chasining dastur talablariga muvofiq keladi va 
ularning yoshiga qarab ajratiladi. 
 
Sodda gaplarni tushunishni tekshirish 


Bolaga vaziyatli rasmlar ko`rsatiladi va bir qator quyidagi ko`rinishli sodda gaplar 
aytiladi: «Qiz o`tiribdi», «Qizda qizil koptok bor», «Bola yuguryapti», «Bolada mashina 
bor», «Kuchuk yuguryapti» va hokazo.
Shundan so`ng bola aytilayotgan hodisa tasvirlangan rasmni ko`rsatishi lozim. 
Bundan tashqari quyidagilarni ko`rsatish so`raladi: olmaxonning momik dumi, Qiz 
qaerda sakrayapti, yuguryapti,yozyapti, sirpanchiq uchyapti va hokazolar. 
Keyin bitta gapda kelgan 1,2,3 ta izchil xususiyatlarni bajarishni o`z ichiga oluvchi 
so`z shaklidagi buyruqlarni bajarish usulidan foydalaniladi. Masalan: «Tur, stol yoniga 
bor, o`yinchoqlarni ol va polga kuy. Koptokni ol, polga ur va menga ber». 
So`ng bolalarning grammatik qurilishlarni tushunishlari aniqlanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin