2.2 Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda xalq og’zaki ijodidan foydalanish.
Hayot shunday hamma narsa zamon, davr bilan bog‘liq bo`ladi. Xalq og‘zaki ijodimi,
yozuvchilar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarmi bari bir zamonga, davrga xizmat
qiladi. Xalq poetik asarlarni o`qib, o`z hayot yo`lini to`g‘ri, noto`g‘ri ekanligini bilib,
suyanib, xulosa chiqarib yashaydi, yutuqlardan quvonadi, kamchiliklardan azob
chekadi. Bu hol ko`proq yosh avlodda ko`rinadi. O`rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi
namunalari bazi tarixiy yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalardagina saqlanib qolgan.
Eng qadimgi folpklyor asarlari miflar, jangnoma tipidagi afsonalar qaxramonlik va
paxlavonlik eposlari, qo`shiq va maqolalardan tashkil topgan.
Kishi dunyoga mukammal inson bo`lib kelmaydi. U tug‘iliboq ertak yoki
dostonlardagi qahramonlardek aqlli, dono, bilimdon bo`lib qolmaydi. Inson tevarak
atrofdagi narsa va hodisalarga, odamlar orasida, tabiatning go`zal qo`ynida, hayvonot
dunyosi, parranda-yu hashoratlar, turli-tuman voqea-hodisalar qurshovida, ular bilan
muloqotda bo`ladi, o`sib ulg‘ayadi va kamol topadi. Yaxshilardan ibrat oladi,
yomonlardan nafratlanadi. Shuning uchun inson yaxshilik, ezgulik sari intiladi. Bu
intilishlarni bola ilk va kichik yoshligidan boshlab o`ziga o`zlashtirishga intiladi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko`ngil ochishni, ermakni hohlaydilar.
Chunki bu narsalar ular xayoti davomida tabiiy vosita bo`lib xizmat qiladi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o`yin va so`zlar orqali
o`zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o`z ona tillarining har
tomonini ya‘ni nozik taraflarini ham o`rgatib boradi. Chunki so`z orqali bola hayoti
borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili ravon, aniq so`zlashga
moslashib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so`z, ibora va gaplarni qiziqib
o`rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi endi
shakllanib borayotgan paytda bunday mashg‘ulotlar ularning xayotiga yo`l ochib beradi.
Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so`zlarni o`rgatayotganida o`yinlar orqali murojaat
qilish ayni muddao hisoblanadi. O`yin orqali bola o`zining lug‘at boyligini kengaytirib
to`playdi. Lekin kichik yoshdagi hamma bolalar ham o`rganayotgan so`zlarning
ma‘nosini to`g‘ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining
vazifasiga kiradi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar uchun sodda va qiziqarli o`yinlar, tez
aytishlar, ertaklar aytib berish yoki suratlarga qarab ertak o`ylab topish, she‘r va
ashulalarni yod olish ham katta samara beradi. Tarbiyachi o`z mashg‘ulotlarini shunday
o`tish kerak-ki, bolaning o`z tasavvur olamlarida bu narsalarni xayolan hosil qilishlari
kerak. Kichik yoshdagi bolalar uchun chiqarilgan ertak kitoblar turli-tuman rangli va
qiziqarli suratlarga boy bo`lishi darkor. Bunday kitoblarni ko`rgan har qanday bolaning
adabiyotga qiziqishi ortadi hamda talab ham kuchayadi. Bolalar uchun yaratilgan
kitoblarda atrofimizdagi bizni o`rab turgan yashil va jumboqli tabiatni asrab-
avaylashga, hayovonot dunyosini bilishga va sevishga, murg‘ak qalblarini mehrga
to`ldiradi, onglarini rivojlantiradi. Shular asosida bolaning lug‘at boyligi ortadi va
nutqini o`stiradi.
Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga yaxshi ta‘sir qiladi va yaxshi-yomonni
farqlashga o`rgatadi. Yod olingan kichik xajmdagi she‘r va qo`shiqlar bolaning nutqini
ravon, aniq va sodda qilib ifoda etishni shakllantiradi. Tarbiyai bolalarda tabiatga mehr
uyg‘otishda daraxtlar qushlar yoki boshqa narsalar haqidagi kichik xajmdagi she‘rlarni
yod oldirishi va ularning mazmunini tushuntirishlari maqsadga muvofiqdir. Qushlarning
insonlarga foyda keltirishi shu kichik she‘r orqali ifodalanganini aytish zarur. She‘rni
yoki qo`shiqni aytishdan oldin ular haqidagi rangli rasmlarni ko`rsatib o`tish va
suhbatlashish shart. Shundagina bolaning tasavvuri, hayolot olami kengayib boradi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish yoki
o`stirishda ertak, afsona, dostonlarning roli katta. Bunday asarlarda so`zlar aniq,
sermazmun, to`g‘ri, jumlasi sodda va bola xotirasiga qabu qila olishiga mo`ljallangan
qilib yoziladi. Tarbiyachi nutq o`stirish mashg‘ulotlarida shunday adabiyotlardan
foydalanishlari darkor. Hozirgi chop etilayotgan deyarli barcha kitoblar bolaning
qanday yoshda ekanligini hisobga olgan holda tuzilgan hamda ertakning mazmunini
tushunishga yordam berish bilan birga nutq madaniyatining tarkib topishida ham o`z
ta‘sirini ko`rsatadi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning nutqini o`stirish yuzasidan xalq
tomonidan yaratilgan maqollar, topishmoqlar, tez aytishlarni tarbiyachi o`z mashg‘uloti
orqali bolaga etkazadi. Tarbiyachining o`zi ham qanday mashg‘ulot o`tishidan qat‘iy
nazar aniq, ravon, ifodali, sodda va bola tushunadigan ohangda so`zlashi darkor.
O`yinlar orqali bolaning xotirasida yaxshi ta‘ssurot qoldirish mumkin. Bunday
mashg‘ulotlarni o`tishda tarbiyachining bilim va mahoratiga ham bog‘liq. O`yinni ham
boshidan oxirigacha tarbiyachi so`zlarini to`g‘ri va ravon qilib so`zlaydi. Bola o`zining
tilida emas balki kattalarga taqlid qilgan holda muloqot qilishga harakat qiladi. Og‘zaki
nutqi rivojlangan bolakay o`z fikrini ham to`g‘ri ifodalay oladi. Nutqining boy,
sermazmun bo`lishidagi asosiy shartlaridan biri aytilgan so`zning to`g‘ri talaffuz
qilishidir. Agar bolakay so`zlardagi ba‘zi xarflarni ayta olmasa bunday bola bilan
maxsus mutaxassis (logoped, defektolog) shug‘ullanishi zarur. Masalan sh, r, j, yo, ch,
z, g‘, s, q harflarni to`g‘ri talaffuz eta olmaslik. Tarbiyai bunday hollarga befarq
qaramasligi kerak. Aksincha tarbiyachi mashg‘ulot davomida og‘zaki nutqida
kamchiligi uchraydigan bolalarning xatosini bartaraf etish va ota-onasi bilan birga
yaqindan yondashib ishlashi zarur.
Tarbiyachi mashg‘ulotdan tashqari muomala qilganida ham o`z so`zlariga katta
e‘tibor qaratgan holda gaplashishi kerak. Mashg‘ulotlardan tashqari sayr vaqtida,
didaktik o`yinlar o`ynayotgan paytda bola bilan yakka tartibda ishlashga to`g‘ri keladi.
So`zlarni bo`g‘inlarga bo`lib yoki tovushning baland-pastligiga, agar parranda yoki
hayvonlarning nomlarini aytishga qiynalsa ularning ovozlariga taqlid qilish, takror-
takror mashq bajartirishga e‘tibor qaratib ish olib boradi va yaxshi samara beradi.
Tarbiyachi ertak yoki hikoya o`qiyotganida asarning badiiyligini ham inobatga
olish darkor. Chunki O`zbekiston xalqi ko`p millatli xalq hisoblanadi va turli xalq
vakillarining bolalari maktabgacha ta‘lim muassasalarida (maktab, kollej, lisey va
oliygohlarda) tarbiyalanadilar, bilim oladilar. Boshqa millat bolalarining ham davlat tili
bo`lgan o`zbek tilini egallashlariga harakat qilishi, tilimizga muxabbat uyg‘otishi zarur.
Nutqni rivojlantirish uchun tarbiyachi tez aytishlarni turli xil ovoz
balandliklarida, turli sur‘atlarda talaffuzqilishni talab etiladi, so`roq gaplarni so`roq
ohangida, jarangdor so`zlarini (undov) jarangli ohangda aytishi kerak. Tarbiyachi
mashg‘ulotida jarangli va jarangsiz so`zlarning farqini tushutirishi, qaysi, qaerda,
qanday ishlatilishi haqida ham aytadi. Bolalar ham o`z ovozlarini o`zgartirib yoki
o`xshatib talaffuz qiladilar. O`yin va mashg‘ulotda bolalar tovushlarini qanday
chiqarayotganiga e‘tibor qaratishi zarur. O`yin (milliy o`yinlarga ahamiyat berish)
jarayonida bolalarning shaxsi takomillashib kishilar bilan muomala, o`quv va mehnat
jarayonida tayyorlanish kabi turli xil ruhiyholatlarni shakllantiradi. Maktabgacha ta‘lim
muassasalarida tarbiyalanayotganlar orasidagi ko`pgina bolalar oddiy o`yinlar mayl
bo`ladilar. Buning sababi: birinchidan, o`yin o`tkazish usul va metodlarining yaxshi
ishlanmaganligi bo`lsa, ikkinchidan, o`yin bolalar xayoti bilan etarlicha bog‘lanmagan.
Asosan o`yin jarayonining birinchi bosqichida o`yin bilan tanishtiriladi, ikkinchi
bosqichida esa tanlab, saralab, ajaratib oluvchi o`yin bo`ladi. Tarbiyachi o`yinni bu
xilda olib borishi bolalarning har tomonlama etuk rivojlanishiga yordam beradi. Har bir
o`yin bola xayotiga yaqin bo`lsa, ularning xayotdan lavxalar ifodalashga qaratilgan
bo`lsa, o`yinchoqlar esa ular xayotida uchrab turadigan narsa, byyumlarni ko`rsatsa va
o`yinchoqlar bilan o`ynash natijasida bolala qiziqishi ortadai. Aks holda o`yindan
kuzatilgan maqsadga erishish qiyin. Bunda tarbiyachi bolaga yangi predmetning nomi
va mohiyatini tushuntirishi lozim. Shu o`yin yoki o`yinchoqni o`ynash usullari bilan
bolani tanishtirish zarur hisoblanadi. Tarbiyachi o`yin mashg‘ulotlarini o`tkazishda
dasturda (―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ tayanch dasturi) berilganidek o`rgatib,
mustahkamlab borishi shart. O`yinni rollarga bo`lib bajarish, bir-birlari bilan dialog
asosida suhbatlashib, o`yinchoqlari bilan muloqotda bo`lib, o`zlariga yaqin bo`lgan
odamlarning ismlarini aytib, buyumlarning qanday ishlatilishi haqida gapirib bajarishsa,
og‘zaki nutqlari rivojlanib lug‘at boyliklarini ko`paytiradilar. Bolalar so`zlarini bir-
biriga moslashtirib tuzadilar, o`z o`rnida qanday qo`llashni o`rganadilar. Bunda fikrlash
his qilish idrok ham birga rivojlanib boradi.
Tarbiyai bolalarni surtalarga qarab so`z birikmalari va gap tuzishga o`rgatishi
muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi bunga ham ma‘suldir hamda oldimizga qo`yilgan
maqsadga shundagina erishishimiz mumkin. Tarbiyachi oldingi nutq o`stirish
mashg‘ulotlari bo`yicha berilgan materiallarni yangi o`tiladigan mashg‘ulotlar boshida
takrorlab olishi kerak. Bolalarda shundagina olgan bilimlarini mustahkamlab olib,
ko`nikma hosil qiladilar.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirishda so`zlarni to`g‘ri
talaffuz etish, yangi so`zlar bilan bolaning lug‘atini boyitib, kengaytirishga alohida
e‘tibor beradilar. Bu bolalarni so`z birikmalari va gap tuzishda muhim ahamiyatga ega.
Chunki bolalar u yoki bu narsa, voqea-hodisalar haqidagi o`z fikrlarini gap orqali
bildiradilar. Tarbiyachi mashg‘ulot davomida bolalarda o`tilganlar yuzasidan hosil
bo`lgan savllarga javob beradilar, fikr almashadilar, tushunmagan joylariga tushuntirish
kiritib izoh beradilar. Shundagina bolaning nutqidagi kamchiliklarning oldi olinadi.
Bolalar har kuni o`z xayotlarida turli hodisa va voqea, narsalarga duch keladilar.
Tarbiyachi yoki ota-ona bu haqida farzandlariga to`g‘ri tushuncha va maslahatlar
berishi, ularning nomlarini, nima uchun kerakligi yoki nmaga ishlatilishi haqida albatta
to`liq tushuncha berishi shart. Bu bolaning og‘zaki nutqidagi kamchiliklarni
chiqarmaslikka, xatolarini tuzatishga imkon beradi, bolalar yangi bilim va tasavvurlarga
ega bo`ladilar, hodisalar va buyumlarning nomlari, sifat va xususiyatlarni o`rganadilar.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq
va ta‘sirchanligini ta‘minlashda bolalar adabiyoti ustida ishlash juda yaxshi natija
beradi. Tarbiyachi biror bir hikoya yoki ertakni o`qishda uning mazmunini, bolaning
yoshiga mosligini, so`zlarning soddaligiga va bolaning ongiga qanday ta‘sir qilishini
inobatga olmog‘i shart. Bunda o`qitilayotgan ertakdagi ayrim so`z va iboralar bilan
ishlash, bir tmondan, ertakning mazmunini oson hamda to`liq o`zlashtirishga yordam
bersa, ikkinchi tomondan bolalar lug‘atini boyitish, undagi hodisalarni anglash
ko`nikmalarini tarbiyalaydi, so`z va gaplarni o`zida o`zlashtirishga imkon yaratadi.
Inson olamga kelishi bilanoq onaning allasi, qo`shig‘i, hatto, o`zini-o`zi ovutish
uchun aytgan ertagini ham tushunadi. Bu fikrimiz ming bor sinab ko`rilgan. Yana
qo`shimcha qilib ruhshunos olima Oygul Yo`ldoshevaning «Toshkent oqshomi»
gazetasi sahifasida bir qator yosh onalarga bergan javoblari ham fikrimizga to`la-to`kis
asos bo`ladi:
Dostları ilə paylaş: |