mas‘uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo`lgan
bilimning hajmi yil sayin
oshmoqda.
Tadqiqotlarga asoslanib biz nutq nuqsonlarini bartaraf etishda turli logopedik ta‘sir
metodlardan foydalansak ko`zlagan maqsadga erishamiz. Logopedik ishda: amaliy,
ko`rgazmali va og‘zaki metodlardan foydalanilsa yoki nutqiy nuqsonlar korreksiyasi
yaxshi natija beradi. Logopedik ish jarayonda quyidagi metodlarni qo`llasak ishimiz
sermahzulligi oshib boradi.
Mashqlar - bu berilgan amaliy va aqliy harakatlarning ma‘lum ketma-ketlikda bola
tomonidan takrorlanishidir. Artikulyasion mashqlarni sistemali ravishda bajarib turish,
tovushni nutqka qo`yish va to`g‘ri talaffuz etish uchun zamin tayyorlaydi. Mashqlar
taqlidiy-bajariluvchi, konstruktiv va ijodiy turlarga bo`linadi.
O`yin metodi o`yin faoliyatini boshqa usullar:
namoyish qilish, tushuntirish,
savollar bilan birgalikda olib borishni nazarda tutiladi.
Maxsus ta‘limyoshdagi bolalar bilan turli xil o`yinlar olib boriladi: ashulali,
didaktik, harakatli, ijodiy, saxnalashtirilgan va x.k. Modellashtirish
- bu modellarni
yaratish, kullash va obektlarin tuzilishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga
mo`ljallangan jarayondir.
Ko`rgazmali metodlar - bu bilim ko`nikma va malakalarni egallashda kurgazmali
kurollar va texnik vositalar yordamida beriladigan ma‘lumotlardir.
Kurgazmali metodlarga kuzatish, rasmlarni ko`rish,
maketlar, diafilm,
kinofilmlarni ko`rish, plastinka, magnitafonlarni eshitish, hamda topshirik namunasini,
harakat usulini kursatish kabilar kiradi.
Logopedik ishda og‘zaki metodlardan bolaning yosh xususiyatlari, nutqiy nuqson
tuzilishi, korreksion ta‘sirning maqsadi,
vazifasi, bosqichini xisobga olgan holda
foydalaniladi.
Logopedik ta‘sir quyidagi shakllarda amalga oshirilganda: frontal, guruxli,
individual mashg‘ulotlar va dars natija ko`ngildagidek bo`ladi..
Xulosa
qilib
aytadigan
bo`lsak
nutq
kamchiliklarini
bartaraf
etishda
differensiallashga metodlardan foydalanishning axamiyati katta ekan. Biz bo`lg‘usi
defektolog – logopedlar sifatida hamda barkamol avlod tarbiyachisi sifatida buni yaxshi
bilmog‘imiz va tarbiyaviy ish jarayonini va o`qitishni shu asosda tashkil etishni
o`rganmog‘miz lozim.
Bundan tashqari ota –onalar bilan ishlash, mustaxkam aloqa o`rnatish,
logoped
tomonidan berilgan topshiriqlarni uyda takrorlanishiga e‘tibor qaratish ishlari ham
to`g‘ri tashkillashtirilishi kerak. Logoped ish faoliyatida didaktik o`yinlar, harakatli
o`yinlar, so`z o`yinlaridan unumli foydalanish, xalq og‘zaki
ijodi namunalarini ish
faoliyatimizda unumli qo`llash ham bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf
etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: