Pedagogika fakulteti


Quyidagi savollarga javob bering



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

Quyidagi savollarga javob bering: 
1. Qaysi qizning ismida ―K‖ tovushi bor? 
2. Qaysi parrandaning nomida ―K‖ tovushi bor?
3. Qaysi hayvon nomida ―K‖ tovushi bor? 
4. Qaysi idishning nomida ―K‖ tovushi bor?
5. Qaysi kiyimning nomida ―K‖ tovushi bor? 
6. Qaysi sabzavotning nomida ―K‖ tovushi bor?
Tikuvchi nima tikadi? 
Darsga kirish uchun nima chalinadi? 
Un nimada elanadi? 
Tez aytish 
Ariq labida besh terak, 
Besh terakka suv kerak. 
To`p-to`p ko`k koptok, 
Har to`p ko`k koptokda 
Bittadan katta ko`k koptok. 
―K‖ tovushi ishtirok etgan gaplarni to`g’ri takrorlash orqali mustahkamlash 
Kungaboqar ajoyib o`simlik. 
Kunga boqar quyosh harakati bo`ylab harakat qiladi. Shuning uchun uni kungaboqar, 
kungaboqar, kun bo`lmasa kimga boqar, deyishadi. 
―Nima qanday qichqiradi?‖ 
degan hikoya orqali ―K‖ tovushining to`g‘ri talaffuzini aniqlash. Bu mashg‘ulotning 
maqsadi – tovushlarga taqlid qilish orqali ―K‖ tovushini aniq va to`g‘ri talaffuz etish. 


Mashg‘ulotga ovoz chiqaradigan o`yinchoqlarni (tovuq, xo`roz, kakku, qurbaqa) va 
boshqa o`yinchoqlar tayyorlab qo`yiladi. Bunda bolalarga qarata shunday deyiladi. 
Bolalar, esingizdami, biz sizlar bilan hayvonot bog‘iga sayrga borgan edik. Yo`lda 
borayotganimizda, katta poliz yonidan chiqib qoldik. Sizlar chumchuqlarni qanday 
haydab yuborgan edingizlar?(―Kish-kish‖). 
Biz hayvonot bog‘iga etib bordik. U er juda ham chiroyli edi. Birdaniga kakku sayray 
boshladi: ―Ku-ku, ku-ku, ku-ku‖. 
Kakku qanday sayraydi?(―Ku-ku, ku-ku, ku-ku‖). 
Biz hayvonot bog‘ida uy va yovvoyi hayvonlar bilan tanishdik. Qaytishda anhor 
bo`yidan o`tdik u erda qurbaqaning ―kva-kva-kva‖ degan ovozini eshitdik.
Qurbaqa qanday qurillar ekan? (―Kva-kva ‖). 
So`ngra bolalardan predmetli rasmlar orasidan kakku va qurbaqa rasmini topib 
ko`rsatishlari so`raladi. 
Shuni unutmaslik lozimki, agar bog‘cha yoshdagi bola bilan 1-2 yil muntazam 
ravishda individual va frontal (chuqur) ish olib borilsa, ammo uning nutqida hech 
qanday o`zgarish bo`lmasa, tovushlarni noto`g‘ri talaffuz etsa, unda buning sabablarini 
aniqlash uchun logoped (mutaxassis)ga murojaat etish lozim.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin