ILOVA
―K‖ TOVUSHINI NUTQQA KIRITISH YO`LLARI
Bolalar nutqidagi tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarning nutqda yo`qligi,
ularni buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari bilan namoyon bo`ladi.
Shuning uchun ham ―arra‖ so`zi o`rniga ―ayya‖, ―lagan‖ so`zi o`rniga ―agan‖, ―sumka‖
so`zi o`rniga ―fumka‖, ―sholg‘om‖ so`zi o`rniga, ―solg‘om‖, ―choynak‖ so`zi o`rniga
―toynak‖, ―kabutar‖ so`zi o`rniga ―abutar‖, ―gul‖ so`zi o`rniga ―dul‖ deb noto`g‘ri
talaffuz etish hollari ko`plab uchrab turadi. Ayniqsa
til orqa va chuqur til orqa
tovushlaridan ―K‖ tovushini to`g‘ri talaffuz qila olmaslik ko`p kuzatiladi.
Bolalar
nutqidagi bu nuqson kappatsizm deb ataladi.Boladagi bu nuqsonni o`z vaqtida bartaraf
etishdan avval ularning nutq apparati – lab, til, tishlar tuzilishi va jag‘lar harakatchanligi
holati tekshirib ko`riladi. So`ngra tovushlarni talaffuz
etish holatlari tekshirilib, bola
talaffuz etolmagan tovushlar aniqlanadi. Shuningdek, bolani ko`rish darajasi va eshitish
holati ham o`rganiladi. Mavjud kamchiliklar ma‘lum bo`lgach, u bilan olib boriladigan
mashg‘ulot rejasi tuziladi. Har qanday nutq nuqsonni bartaraf
qilish artikulyatsiya
mashqlaridan boshlansa maqsadga muvofiqdir. Negaki tovushlarning to`g‘ri
talaffuz
qilinishi artikulyatsiyaning harakatchanligiga bog‘liq.
Shuning uchun ham birinchi
mashg‘ulotni artikulyatsion mashqlardan boshlaymiz.
Lab mashqlari. Yuqori labni ―tarash‖ mashqida lab
imkoni boricha ikki yonga
tortilgan holda ichkariga qaytariladi, jag‘ biroz oldinga harakat qilib pastki tishlar qatori
bilan yuqoriga ―taray‖ boshlanadi, so`ngra labni og‘iz atrofida o`ng va chap tomonga 10
martadan aylantirib yalash kerak, bu mashqlar bir necha marta takrorlanadi.
Til mashqlari. Tilni aylantirish mashqida lablar yumuq holda bo`lib,
til uchi tishlar
bo`ylab
avval bir tomonga, so`ngra qarama-qarshi tomonga harakat qildiriladi. Bu
mashqda tishni tozalash holati bajariladi. Tilni tishlash mashqida
tilni tepa va pastki
tishlar orasiga olib, uni bir necha bor tishlanadi.
Dostları ilə paylaş: