Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

Jag’ mashqlari. Jag‘ni oldinga harakat qildirish mashqida jag‘ biroz pastga tushirilib 
oldinga va orqaga qarab harakat qildiriladi. Jag‘ni ikki yonga harakat qildirish mashqida 
yuqoridagi mashq holatida jag‘ni ikki yonga shoshilmay harakat qildirish lozim. Mashq 
bir necha marta takrorlanadi. 
Endi bolada ―K‖ tovushining to`g‘ri artikulyatsiya profili bilan tanishtiramiz. 
Tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomon yoysimon shaklda ko`tarilib, pastki 
tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning o`rta qismi orasidagi masofa torayadi. 
Shu masofadan siqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo ―K‖ undosh tovushini hosil 
qiladi. 
Biz bolaning nutqida yo`q ―K‖ tovushini hosil qilishda bolaga ―ta-ta-ta‖ 
bo`g‘inini aytishni taklif etamiz, shu vaqtning o`zida maxsus zont yordamida tilning 
uchi bosilib, orqaga biroz itariladi.Bunda logopedik zont va shpateldan foydalaniladi. 
Bordiyu logopedik zont va shpatel bo`lmagan vaqtda gigienaga rioya qilgan holda qo`l 
barmoqlari yoki paxta o`ralgan gugurt cho`pidan foydalanish mumkin. 
Shpatel yordamida ―K‖ tovushini nutqqa kiritish usuli 
Bunda til orqa tomonga surilgan sari ―ka-ka-ka‖ bo`g‘ini eshitiladi. ―K‖ tovushi 
artikulyatsiyasi aniq hosil bo`lgandan so`ng mexanik vositalar yordamisiz ―K‖ tovushini 
talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo`g‘in, so`z, gaplar va she‘rlar ayttirish yordamida 
mustahkamlab boriladi. ―K‖ tovushining aniq va to`g‘ri talaffuzi hosil bo`lganidan 
so`ng ―K‖ tovushi ishtirok etgan bo`g‘inlar talaffuz ettiriladi. 
―K‖ tovushi ishtirok etgan so`zlarni to`g’ri talaffuz etishga o`rgatish 


Kir karam kamalak
Ko`z ko-la ka-ma-lak 
Ko`r ko`rik kapalak
ka-pa-lak 
 
Ko`za, kurtka, karam, maktab, choynak, kurtak, kapkir, ipak, kuchuk va hokazo.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin