Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

O`yinning 2 - turi 
O`yinning 2 – turi ikki farqlanayotgan tovush ustida o`tkaziladi (b-p, s-sh, r-l, a-o, d-t va 
h.k). Masalan, q-g . Mazkur o`yinning 1-turi uchun zarur jihozlar qisman o`zgartiriladi. 
Jumladan, rasmlar ikki farqlanayotgan tovushga mos ravishda tayyorlanib, ularning 
yoniga kerakli harfni yozish uchun bo`sh katakcha qo`yiladi.
Tarbiyachi bolalarga o`yin shartini tushuntiradi: 

Bolalar, 
rasmdagi 
qalamchalardan 
birini 
o`zingizga 
tanlang. 
Qalamchalaringizning chizgan rasmini aniqlashda ular qoldirgan izlar bizga yordam 
beradi. Ana shu izlardan yurib qalamchalaringiz rasmini aniqlaysiz va uni nomlaysiz. 
Bizga kerakli bo`lgan ―g‖ yoki ―q‖ tovushini ajratib, aniqlab, uni bo`sh katakchaga 
yozasiz. Agar siz shu vazifani to`g‘ri bajarsangiz rasmni o`zingizga olasiz.
O`yin rasmlarni almashtirish orqali davom ettirilishi mumkin. O`yinning bu turida 
ham ko`p rasm yig‘ib, topshiriqni to`g‘ri bajargan bola g‘olib sanaladi.
―Hayvonot bog’i‖ o`yini 
O`yin uchun ―Hayvonot bog‘i‖ deb atalgan maxsus jadval zarur bo`lib, jadvalda 
―qafaslar‖ to`rt qatorga (1, 2, 3, 4) joylashtiriladi (cho`ntaklar yopishtiriladi). 
Bundan tashqari, o`yin uchun hayvonlarning rasmlari aks ettirilgan varaqlar 
(birinchi qator uchun: ot, it, qo`y, kit; ikkinchi qator uchun: bo`ri, ayiq, yo`lbars, tulki; 
uchinchi qator uchun: olmaxon, jirafa, kenguru, qo`zichoq; to`rtinchi qatorga: 
tipratikan, kaltakesak va h.k ) ham zarur bo`ladi. O`yin jadvalni doskaga osish va 


hayvonlarning rasmlari ifodalangan varaqlarni bolalarga tarqatish bilan boshlanadi. 
Tarbiyachi bolalarga hayvonat bog‘iga keltirilgan hayvonlarni nomlab, ularni 
bo`g‘inlarga ajratgan holda ma‘lum qatorlardagi qafaslarga joylashtirish kerakligini 
tushuntiradi. Masalan, ―ot‖ – bo`g‘indan, demak uni birinchi qatordagi qafasga, ―bo`ri‖- 
ikki bo`g‘inli, shuning uchun ikkinchi qatordagi qafasga joylashtiriladi va hakozo.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin