aqliy rivojlanish vositasidir. O`yin vaqtida xilma – xil aqliy jarayonlar faollashadi,
o`yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to`plash, analizatorlarni farqlash, taqqoslash,
umumlashtirish jarayonlarining faollashuvini talab etadi. Bir xildagi harakat va
so`zlarning ko`p takrorlanishi bola ongida narsa va hodisalar
haqidagi mustahkam
bog‘lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti – harakatlarning tarkib topishiga yordam
beradi.
―O`yin – sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o`t oldiruvchi uchqundir‖, degan edi
V. A. Suxomlinskiy.
O`yin bolalarning har tomonlama kamol topishida kata ahamiyatga ega bo`lib, o`yin
vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot va
boshqa ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O`yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o`stirishga,
ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning xis tuyg‘ularini
shakllantirishga, ayniqsa, ularning sezgi a‘zolari (ko`rish, sezish, tinglash va .b)
faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Didaktik o`yinlar xilma –
xil materialllar
asosida tashkil qilinadi. Masalan: qo`g‘irchoqlar, o`yinchoqlar, rang – barang rasm va
kartochkalar, turli geometrik shakllar, tabiiy materiallar shular jumlasidandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda didaktik
o`yinlarning ag‘amiyati katta, bu o`yinlarni keng qo`llash bola tafakkuri, idroki, zehni,
xotirasi, irodasi, bilim olishga bo`lgan qiziqishi va ehtiyojining rivojlanishiga ijobiy
ta‘sir ko`rsatadi. Bolada atrof olamni bilishga bo`lgan qiziqish ortadi,
ziyrakligi,
ixtiyoriy diqqati, topqirligi tashabbuskorligi mustahkamlanadi. Bolalarda o`yin orqali,
kattalarning xatti – harakati orqali voqe‘likka munosabat shakllanadi, dunyoqarash,
aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan tarbiyalanadilar. O`yinlar o`z mazmuniga ko`ra bir
necha turlarga bo`linadi: Didaktik o`yinlar; dramalashtirilgan o`yinlar; syujetli – roli;
harakatli o`yinlar.
Didaktik o`yinlarda bolalarning aqliy jixatdan o`stirish uchun kerakli bo`lgan
muhim sifatlar hosil bo`ladi. O`yinlar bolalarning yoshiga va ruhiy rivojlanishiga qarab
tanlanadi. Ta‘limiy o`yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli
yondoshish malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik, oddiydan murakkabga
o`tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi va logopedlar ta‘limiy o`yinlarni
o`tkazish davomida
bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini
shakllantiradi, o`yindan to`g‘ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya‘ni,
aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta‘limiy o`yinlar orqali bolalar eshitish, ko`rish, sezish
a‘zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini,
ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta‘limiy o`yinlar
guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi.
O`yinchoqlar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji
oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" .
Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men
aytgan
narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?".
Og‘zaki usuldagi ta‘limiy o`yinlar- "Qo`g‘irchoq Lolaxonni cho`miltiramiz",
"Qo`g‘irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini
top" kabi o`yinlar kiradi.
Eshitish va ko`rish a‘zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi
daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va
barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu
uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari O`yinlardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`yinlar orqali bolalarda meva va
sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari,
kiyim - kechak va boshkalar, kabi
tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko`rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari
rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o`ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan
topag‘on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog‘bonlar" o`yinlari orqali bolalarda
mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Mazkur o`yin jarayonida nutq muhim ahamiyat kasb etadi: u orqali bolalar fikr, his
tuyg‘u va kechinmalar bilan almashinishadi, o`zaro do`stona munosabatlar o`rnatishadi.
Nutq bolalarga tevarak – atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xil munosabatda
bo`lishga yordam beradi. Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalar Bilan olib boriladigan
didaktik o`yinlar so`z va gaplarni tahlil qilishga, so`zlarda tovush va harflarning o`rnini
aniqlash, jumlalarni to`g‘ri tuzishga o`rgatadi. Quyida
bolalar bilan tarbiyaviy
mashg‘ulotlarda, oila sharoitida, o`yin faoliyatida olib boriladigan didaktik o`yinlardan
misollar keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: