Tarbiyachi birin – ketin ko`rsatadi, bolalar esa ularni nomlaydilar. Tarbiyachi
bolalar diqqatini maqsadda ko`zlagan bir tovushlarning (masalan s, b, rva h.k.) o`rnini
so`z boshida, o`rtasida, oxirida) aniqlashga qaratadi. Tarbiyachi:
- Bolalar, endi har bir qalamcha qaysi rasmni chizganini aniqlaymiz.
Hozir har biringiz o`zingizga yoqqan rangdagi qalamchani tanlab olasiz.
Qalamchangiz qaysi rasmni chizganini ular qoldirgan izdan yurib aniqlaysiz va
nomlaysiz. Agar siz rasmda nima aks ettirilganini to`g‘ri topsangiz uni aniq, ravon
talaffuz qilsangiz rasmni o`zingizga olishingiz mumkin. Shu tartibda bolalar
qalamchalar chizgan rasmlarni aniqlaydilar. O`yin doskadagi jihozni almashtirish orqali
davom ettirilishi mumkin. O`yinda kim ko`p rasm to`play olsa, o`sha bola g‘olib
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: