harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq
a‘zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
Ichki nutq materialni tushunish va
yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni
o‘stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O‘ylash, fikr yuritish ichki nutq
asosida bo‘ladi. Ichki nutq o‘quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga
o‘rgatadi. Ichki nutq jarayonida o‘ylash o‘quvchining nutqi va tafakkurining o‘sishida
muhim vositadir.
Maktabda
o‘quvchilarning
tashqi
nutqigina
emas,
balki
ichki
nutqi
ham
o‘stiriladi.
Bolalar
ichda
o‘qishga
o‘rganadilar
va
ichki
nutqda
materialni
o‘zlashtiradilar,
turli
vazifalarni
o‘zlari
hal qiladilar, asosiysi − o‘zlarining og‘zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq
og’zaki va
yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq yozma
nutqdan quyidagicha farqlanadi: og‘zaki nutq tovush nutqi,
yozma nutq esa grafik
nutqdir. Og‘zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko‘rish va motor-harakat
(qo‘l harakati) sezgisi asosiy o‘rin tutadi. Og‘zaki nutq ham,
yozma nutq ham
kishilarning o‘zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy
sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq
sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi.
Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi.
Yozma nutq logik
izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib
qoldirmay, ortiqcha takrorga yo‘l qo‘ymay bayon qilishni talab etadi. SHuning uchun
yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: