Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining Nutq apparatidagi anatomik-fiziologik 


nuqsonlar bilan bog’liq holdagi buzilishdir. Ma‘nodoshlari: dimog` bilan gapirish 
(eskirgan), palatolaliya. 
Tovush tembrining patologik o`zgarishida namoyon bo`ladi. Bu xolat 
chiqarilayotgan nafas oqimining barcha nutq so`zlarini talaffuz qilish paytida burun 
bo`shlig‘iga utishi va unda aks-sado berishi oqibatidir. Rinolaliya paytida bundan 
tashkari barcha nutq tovushlarining (dislaliya xolatidagi kabi alohida tovushlarni emas), 
buzib talaffuz etilishi kuzatiladi. Bunday nuqsonda prosodik buzilishlar ham tez-tez 
uchrab turadi, rinolaliya paytidagi nutq kam tushunarsiz (noaniq), bir oxangli bo`ladi.
7. Dizartriya - nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervasiyasidagi 
etishmovchilik bilan bog’liq holdagi buzilishidir. Ma‘nodoshi: tili chuchuklik 
(eskirgan). Bunda fonasion turlanishdagi bayonning murakkab mexanizmlari 
barcha bo`g‘inlarning shakllanadagani kuzatiladi. Buning natijasida tovush nuqsonlari, 
prosodik va artikulyasion-fonetik nuqsonlari paydo bo`ladi. Tovushli nutqni ishlab 
chiqarishning imkoni bo`lmagan paytda paydo bo`ladigan anartriya dizartriyaning og‘ir 
darajasi hisoblanadi. Yengil dizartriya paytida, qachonki nuqson ko`prok artikulyar-
fonetik buzilishlarda namoyon bo`lganida, uning uncha bilinmaydigan shakli haqida 
so`z yuritiladi. Bunday xolatlarni dislaliyadan ajratish lozimdir. Dizartriya 
markaziy xarakterdagi organik buzilishining oqibati hisoblanadi. Markaziy asab 
sistemasi buzilishini lokalizasiyalashda dizartriyaning turli shakllari ajratib ko`rsatiladi. 
Buzilishning og‘irligiga qarab esa dizartriyaning paydo bo`lish darajalari farq qilinadi. 
Dizartriya ko`pincha bosh miyaning erta falajlanishi natijasida paydo bo`ladi, 
lekin u bola rivojlanishining xar qanday bosqichida, neyroinfeksiya va miyaning boshqa 
kasalliklari oqibatida paydo bo`lishi ham mumkin. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin