Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

Tadqiqotning maqsadi:nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali 
metodlaridan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 
Tadqiqotning ob’ekti: nutq nuqsoniga ega bo`lgan maxsus muassasalar va ta‘lim 
jarayoni. 
Tadqiqotning predmeti: nutqida nuqsoni bo`gan bolalar va ular kamchiliklari 
ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakli va usullari. 
Tadqiqotning vazifalari: 
- nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o`rganish
- nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish.
- nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. 
- nutq buzilishini bartaraf etish printsiplari, differentsiyalashgan metodlari va 
vositalarini ishlab chiqish. 
- nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 
- logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. 
- o`qituvchi-defektolog va tarbiyachi ishidagi o`zaro bog‘liqliqlarni bilish; 
Tadqiqotning ilmiy farazi: 
Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda qo`llaniladigan metodlardan foydalanishning 
mazmuni, amalda qo`llanilgan metodlarni faollashtirish, Yangi usullarni muayyan 
texnologiyasi ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilsa ko`zlangan natijaga erishish 
mumkin. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda noan‘anaviy usullarni qo`llash yo`llari 
ishlab chiqiladi;


2. Bolalar nutqini o`stirish metodlarining mazmuni, shakli va ahamiyati ishlab 
chiqiladi; 
3. Nutq kachiliklarini bartaraf qiluvchi metodlarining yangicha texnologiyasi 
yaratiladi; 
4. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlari mavzusiga 
oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati: 
1. Yakka tartibdagi frontal mashg‘ulotlarda to`g‘ri nutq va xulk-atvor 
ko`nikmalarini tarbiyalash bo`yicha qo`shimcha mashgulotlar o`tkazishni (noto`g‘ri 
talaffuz etishni tuzatish, ruhiy ko`rinishdagi suhbatlar va hokazo)yo`lga qo`yish. 
Maxsus ta‘limtarbiya yoshdagi bolalarning nutq rejimi kattalarning keng ko`lamli 
yordami orqali amalga oshiriladi. Bunda ular bolalarning bir nutq bosqichidan 
boshqasiga o`tishini muntazam nazorat qilish. Nutq mashklarini tanlab olishni, ular 
tomonidan to`g‘ri nutq talablarini, turli sharoitlarda to`g‘ri nutq ko`nikmalarini mashq 
qildirilishini nazarda tutadi. 
2. Nutq kamchiliklarini bartaraf qilishda qo`llaniladigan metodlari yordamida 
o`qitishning eng qulay va oson yo`llari yaratiladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin