Pedagogika fakulteti


birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog’lanishli nutq ustida ishlash



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog’lanishli nutq ustida ishlash. 
So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib 
leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat 
qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik 
butunlik lingvistikasiga asoslanadi. 
Ko‘rsatilgan uch yo‘nalish parallel olib boriladi: lug‘at ishi gap uchun material 
beradi; so‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash bog‘lanishli nutqqa tayyorlaydi. O‘z 
navbatida, bog‘lanishli hikoya va insho lug‘atni boyitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘quvchilar nutqini o‘stirish o‘z metodik vositalariga ega, o‘zining mashq 
turlaribor. Bulardan eng muhimlari bog‘lanishli nutq mashqlari hisoblanadi. 
Nutq o‘stirishda izchillik to‘rt shartni, ya‘ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, 
xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini 
amalga oshirish bilan ta‘minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog‘lanadi va 
keyingisiga o‘quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo‘ysungan holda yana 
qandaydir yangilik qo‘shadi. 
Maktabda o‘quvchilar nutqini o‘stirishga ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi deb 
qaraladi. Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish darslarininggina emas, balki o‘quv 
rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san‘at, ashula 
darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o‘tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir. 
Nutq turlari 
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini 
ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq 
hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «o‘ylangan» (fikrlangan) 
nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o‘ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar 
yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. 
Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi − tashqi nutqda nutq a‘zolarining 


harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq 
a‘zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi. 
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni 
o‘stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O‘ylash, fikr yuritish ichki nutq 
asosida bo‘ladi. Ichki nutq o‘quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga 
o‘rgatadi. Ichki nutq jarayonida o‘ylash o‘quvchining nutqi va tafakkurining o‘sishida 
muhim vositadir. 
Maktabda 
o‘quvchilarning 
tashqi 
nutqigina 
emas, 
balki 
ichki 
nutqi 
ham 
o‘stiriladi. 
Bolalar 
ichda 
o‘qishga 
o‘rganadilar 
va 
ichki 
nutqda 
materialni 
o‘zlashtiradilar, 
turli 
vazifalarni 
o‘zlari 
hal qiladilar, asosiysi − o‘zlarining og‘zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar. 
Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og’zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq yozma 
nutqdan quyidagicha farqlanadi: og‘zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik 
nutqdir. Og‘zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko‘rish va motor-harakat 
(qo‘l harakati) sezgisi asosiy o‘rin tutadi. Og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham 
kishilarning o‘zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy 
sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq 
sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. 
Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi. 
Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib 
qoldirmay, ortiqcha takrorga yo‘l qo‘ymay bayon qilishni talab etadi. SHuning uchun 
yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin