Pedagogika fakulteti


«Xat-savod o’rgatish va nutq o’stirish», «O’qish va nutq o’stirish», «Grammatika



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

«Xat-savod o’rgatish va nutq o’stirish», «O’qish va nutq o’stirish», «Grammatika, 
imlo va nutq o’stirish» deb nomlangan. 
Nutq faoliyati uchun, shuningdek o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha 
shartga rioya qilish zarur:
1
Рождественский Н. С., Кустарева В. А.Методика начального обучения русскому языку.-
М.:«Просвещение», 1965. 289-бет.


1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. 
O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki 
yoki 
yozma 
bayon 
qilish 
xohishini 
va 
zaruriyatini 
yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu 
material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli 
bo‘ladi.SHunday ekan, o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid 
mashqlarning materiali haqida bo‘lib, o‘quvchi nutqi mazmunlibo‘lishiuchun 
g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi. 
3.Fikrtinglovchi 
tushunadigan 
so‘z, 
so‘z 
birikmalari, 
gap, 
nutq 
oborotlariyordamida 
ifodalansaginatushunarli 
bo‘ladi. 
SHuning 
uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti − nutqni til vositalari bilan 
qurollantirish hisoblanadi. O‘quvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi 
nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish 
natijasida bolalarda ta‘lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda «tilni sezish» 
shakllanadi. 
Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya‘ni, 
birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan 
foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. 
Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o‘zlashtiradi.Buning o‘zi yetarli emas, chunki 
u nutqni yuzaki o‘zlashtiradi.Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular: 
1.Adabiy 
til 
me‘yorlarini 
o‘zlashtirish. 
Maktab 
o‘quvchilarni 
adabiy tilni sodda so‘zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o‘rgatadi, adabiy 
tilning badiiy, ilmiy, so‘zlashuv variantlari bilan tanishtiradi. 
2.Jamiyatimizning 
har 
bir 
a‘zosi 
uchun 
zarur 
bo‘lgan 
muhim 
nutq malakalarini, ya‘ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. Bu bilan 
o‘quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og‘zaki-so‘zlashuv nutqidan farqini 
bilib oladi. 
3.O‘quvchilarnutqmadaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa 
vositasidir.Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda 
o‘quvchilarning nutq madaniyatiga alohida e‘tibor beriladi. 


Bu vazifalarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan rejali ish olib borishi 
lozim.Buning uchun esa o‘quvchilar nutqini o‘stirish ustida ishlash tushunchasiga 
nimalar kirishini bilib olish muhimdir. 
Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so’z ustida ishlash; 2) so’z 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin