Pedagogika fakulteti


Nutq − o’quvchilar tafakkurini o’stirishdagi muhim vosita



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

Nutq − o’quvchilar tafakkurini o’stirishdagi muhim vosita 
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina kolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. 
Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish 
hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish 
mumkin. SHuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirishda materialni tayyorlash, 
takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga 
yo‘naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi. 
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina, 
muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, 
shunday ekan, u til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi 
tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan 
holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi. 
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.«Nutq tafakkur 
bilan chambarchas bog‘langandir.Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali 
bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi»
2

Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini 
ta‘minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at tarkibini, grammatik 
qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-
sharoit hozirlaydi.Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham 
2
И в а н о в П. И. Умумий психология. –Т.: «Ўқитувчи», 1967. 306 - 
бет 


materialidir.Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi.Nutqdan o‘quvchi fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida 
foydalaniladi. O‘quvchining barcha o‘quv predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi va 
umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni o‘quvchi o‘z 
nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) 
qanday bayon eta olishiga qaraladi. 
SHunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida 
rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi.Ikkinchi tomondan, 
nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordamberadi, takomillashtiradi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin