Pedagogika fakulteti


O’quvchilar nutqini o’stirishning boshqa o’quv predmetlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

O’quvchilar nutqini o’stirishning boshqa o’quv predmetlari 
bilan bog’liqligi 
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar 
bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat 
va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, 
eshitganlari, o‘qiganlari haqida to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari 
bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi. 
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya 
o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, 
boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, 
uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe‘r, maqolalarni o‘qish, 
o‘qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish 
vaqtida ko‘rganlarini hikoya qilish o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish vositasidir. Ona 
tili darslarida esa yozma nutqni o‘stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. 
Grammatikani o‘rganish va o‘qish darslarida o‘quvchilar bajaradigan so‘z birikmasi
gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga 
yordam beradi. 
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar 
alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular narsa, 
harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, so‘z, 
o‘zak, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, fe‘l, son, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap 


bo‘lagi, darak gap, so‘roq gap, undov gap singari juda ko‘p yangi atamalarni bilib 
oladilar. 
Boshlang‘ich sinflardagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar 
bilan boyitiladi. Kuzatish vaturli ko‘rgazmali qurollar bu darslarda ham bilim olish, 
tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi. 
Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va 
atamalar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo‘shma gap tuzishga o‘rganadilar: 5 
soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o‘nlikka 
ikkita o‘nlik va 5 ta birlikni qo‘shsak, uchta o‘nlik va 5 ta birlik hosil bo‘ladi (10 + 25 = 
35) va hokazo. 
Masala yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o‘z nutqlarida ishlatib kelgan 
bo’ladi, qoladi, hosil bo’ladi, teng kabi so‘zlarning yangi ma‘nosini bilib oladilar; 
...bizga ma’lum, masalada so’ralyapti kabi so‘z birikmalarini ishlatishga o‘rganadilar. 
Matematika darslari o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishda muhim 
ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to‘liq javob berishga, atamalarni 
to‘g‘ri ishlatib, qoidalarni o‘z saviyalariga mos ravishda aniq shakllantirishga 
o‘rgatiladi. Bular, o‘z navbatida, o‘quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi 
hisoblanadi. 
Bog‘lanishli nutq ko‘nikmalarini egallashga masala yechish bilan bog‘liq holda 
olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o‘rgatish mashqlari samarali ta‘sir 
ko‘rsatadi. Masala o‘qib eshittirilgandan so‘ng, o‘quvchilar uning asosiy mazmunini 
eshitib idrok etishga, to‘g‘ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga o‘rgatiladi. Masala 
tuzishga o‘rgatish esa mantiqiy izchil, muhokama elementlari bilan kichik hikoya tuzish 
imkoniyatini beradi. Bu mashq o‘quvchidan faollikni va mustaqillikni talab etadi, 
bolaning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish esa uning umumiy rivojlanishida va 
tarbiyaviy maqsadda juda muhimdir. Masala tuzish kichik hikoya tuzishdir.Masalaning 
hikoyadan farqi shundaki, unda nimadir noma‘lum bo‘lib, uni topish uchun ma‘lum 
so‘roqqa javob berish talab etiladi.O‘quvchi rasm asosida «Daraxtga uchta chumchuq 
qo’ngan edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib qo’ndi. Daraxtda nechta chumchuq 
bo’ldi?» masalasini tuzadi. Bu masalani yechishda o‘quvchilar daraxtga qo‘ngan 
chumchuqlar sonini bilish uchun nima qilish kerakligini o‘ylaydilar, muhokama 


qiladilar. Masalani yechish uchun aniq izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish 
bilan bolalar o‘z fikrlarini matematika tilida aniq va bog‘lanishli bayon etishga 
o‘rganadilar. 
SHunday qilib, matematika darslarida o‘qituvchi bolalar lug‘atini boyitish, turli xil 
gap, bog‘lanishli nutq va bayon, muhokama elementi mavjud bo‘lgan hikoya tuzish 
ustida ishlaydi. O‘qituvchi matematika tili xususiyatlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashish 
bilan bog‘liq holda, o‘quvchilar tafakkurini, nutqini o‘stiradi. O‘qituvchi matematik 
mazmungagina emas, balki shu mazmunni o‘quvchilar nutqida to‘g‘ri shakllantirishiga 
ham e‘tibor bersa, bu darslardaegallanadigan bilim haqiqiy va o‘quvchilar nutqining 
o‘sishi uchun samarali vosita bo‘ladi. «Fikrni aniq shakllantirishni talab qilish, masala 
shartini ongli takrorlatish, mustaqil masala tuzdirish va savollar yordamida masalani 
yechish yo’lini tushuntirish ko’nikmasi ustida ishlash o’quvchilarda qayta hikoyalash, 
insho va muhokama qilish madaniyatini o’stiradi»
3

O‘quvchilartabiatshunoslikdarslaridavaekskursiyavaqtidako‘rgannarsalarinio‘qituv
chiyordamidaguruhlaydilar, 
ularnio‘zarotaqqoslab, 
o‘xshashvafarqlitomonlarinitopibaytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim 
tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurni o‘stiradi. Tabiat hodisalari 
va predmetlarni idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid tushunchalar hosil 
bo‘ladi. Bu tushunchalar ta‘lim jarayonida yo narsalarni (daraxt, olma, shaftoli, o’rik, 
olxo’ri, gul, o’t kabi), yo ularning belgisini (mevali, mevasiz; achchiq, nordon, shirin; 
qizil, oq kabi), yo harakatini (daraxt o’sadi, qush uchadi, bulbul sayraydi kabi) 
ifodalovchi so‘zlar bilan bog‘lanadi. 
Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya va ashula darslari ham, shuningdek, 
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga 
alohida ahamiyat qaratish zarur. 
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga 
ega. O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat 
orfoepik talaffuz va adabiy til me‘yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta‘sirli so‘zlashi, 
3
Рождественский 
Н. 
С., 
Кустарева
В.А.Методиканачальногообучения 
русскому 
языку.- 
М.: 
«Просвещение», 1965. 297-бет. 


shuningdek, har doim o‘quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo 
qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni ifodali so‘zlashga, 
xatosiz, chiroyli yozishga o‘rgatadi, tilga sezgirlikni uyg‘otadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin