-
normal aqliy qobiliyatga ega bo`lishi;
-
normal eshitishi va ko`rishi;
-
etarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo`lishi;
-
gaplashish ehtiyojiga ega bo`lishi;
-
to`g‘ri nutq muhitiga ega bo`lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni
o`zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va
tasavvurini kengaytirishga
imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi
bilan uzviy bog‘liqdir.
Nutq kamchiligi logopediya fanida muayyan tilning me‘yorlaridan chetga
chiqish deb ta‘riflanadi.
Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1. Nutq kamchiligi o`z-o`zidan barham topmaydi, balki vaqt o`tgan sari
yanada
mustahkamlanib, zo`rayib boradi.
2. Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo`lishi ularning yoshiga mos
kelmaydi.
3. Nutq kamchiligiga ega bo`lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj
bo`ladilar.
4. Og‘ir nutq kamchiliklari
bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy
rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir ko`rsatadi.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen)
va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi.
Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyusion-dinamik
yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish
jarayonini tahlil qilishdan, anomal
rivojlanishining umumiy konuniyatlarini va xar bir yosh davrida Nutqning rivojlanish
konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M.
Sechenov, L. V. Vigotskiy, V. I.
Lubovskiy).
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar;
2. Xomiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar,
qonning rezus-faktorga mos kelmasligi;
3. Tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va
asfiksiya;
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit,
ensofalit).
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari.
6. Nasliy faktorlar.
7. Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial pedagogik
qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va
nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan
sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda
qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko`ra ikki guruxga bo`linadi:
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari.
Organik Nutq buzilishlari o`z navbatida ma‘lum joyning zararlanishiga ko`ra
markaziy va periferik xarakterda bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: