Pedagogika fan o’qitish metodikasi. Xudaybergenova N


II.2 Pedagogik texnologiyada dars o`tish metodikasi



Yüklə 217,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix23.01.2022
ölçüsü217,33 Kb.
#51497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
pedagogika fanlarini oqitish metodikasini oqitishning shakl va metodlari

II.2 Pedagogik texnologiyada dars o`tish metodikasi 

Hozirgi  zamon  pedagogika  fani  oldida  turgan  muhim  muammolardan  biri-

o`qituvchi  va  pedagogik  mehnat  sharoiti  muammosi  hisoblanadi.  Chunki 

o`qituvchida  barcha  pedagogik  g`oyalar  mujassamlangan  bo`lib  uning  faoliyati 

orqali bu g`oyalar amalga oshiriladi va hayotga tadbiq etiladi. 

O`qituvchining    ko`p  qirrali  va  murakkab  faoliyati  zamirida  yosh  avlodni 

odobli,  ahloqli  qilib  tarbiyalash,  ularni  bilimlar  bilan  qurollantirish  kabi  muhim 

vazifalar  yotadi.  Bularni  amalga  oshirish  esa  o`qituvchining  xilma-xil  faoliyatiga 

bog`liq:  bolalarni  o`qitish,  maktabdan  va  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarni 

tashkil eta bilish va o`tkazish, ota-onalar o`rtasida pedagogik targ`ibot ishlarni olib 

borish va hakazo. Bularning hammasi o`qituvchidan chuqur bilimga ega bo`lishni, 

o`z  sohasini,  bolalarni  sevishni  talab  etadi.  Agar,  bolani  chuqur  bilimli,  etiqodli, 

madaniyatli 

qilib 


tarbiyalamoqchi 

bo`lsak, 

shu 

fazilatlar 



o`qituvchida 

mujassamlangan bo`lmog`i lozim. Shunday ekan o`qituvchi, umuman boshlang`ich 

sinf  o`qituvchisi  yuksak  fazilatlarga,  yaxshi  xulq-atvorga,  eng  keragi  madaniyatli 

bo`lishi, ularni amalda qo`llashi shart. 

Pedagogika  fanlarini  o’qitish  metodikasi  kursining  muhim  metodologik 

muammolaridan  biri  bu  shaxs  tarbiyasi  va  uning  rivojlanishi  muammosi 

hisoblanadi.  O`sib  va  rivojlanib  boruvchi  inson  tarbiya  obekti  hisoblanadi.  Butun 

hayoti  davomida  insonning  rivojlanish  jarayoni  davom  etaveradi.  Bu  jarayonda  u 

turli  o`zgarishlarni  o`z  boshidan  kechirib  boradi.  Insonda  bo`ladigan  jismoniy 

o`zgarishlarga-bo`yining  o`sishi,  vaznning  og`irlashib  borishi,  suyak  va  mushak 

tizimlarining,  ichki  a`zolari  va  asab  tizimining  o`zgarib  borishi  kiradi.  Ruhiy 

o`zgarishlar esa uning aqliy rivojiga aloqador bo`ladi va insonda ruhiy sifatlarning 

shakllanib  borishi,  unda  hayot  uchun  zarur  bo`lgan  sotsial  sifatlarning  tarkib 

topishi  hisoblanadi.  Odam  bolasining  rivojlanishi  bu  muhim  jarayon  sanaladi. 

Ma`lumki  hayoti  davomida  inson  jismoniy  va  ruhiy  tomondan  o`zgarib  boradi. 

Lekin bolalik, o`smirlik va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. 

Pedagogikada  «shaxs»  tushunchasi  «inson»  tushunchasidan  farqli  o`laroq  u 

insonning  ijtimoiy  hususiyatlarini  anglatadi.  Yangi  jamiyat  boshqa  odamlar  bilan 




muamalada bo`lishi, munosabat o`rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlarni 

bildiradi. 

Pedagogika o`z tadqiqot obektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilimiy tadqiqot 

barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib borishga, ayrim pedagogik 

hodisalarni  tekshirishga,  ularni  to`g`ri  hal  etish  yo`llarini  aniqlashga  yordam 

beradi.  Hodisa  uning  taraqqiyoti  davomida  boshqa  hodisalar  bilan  bog`liq  holda 

o`rganiladi.  Miqdor  o`zgarishi  sifat  o`zgarishiga  o`tish  daqiqalarida  kuzatiladi. 

Pedagogika 

fani 

tarmoqlariga 



predmetlarni 

o`qitishning 

qonuniyatlarini 

o`rganuvchi  fan  metodika  ham  kiradi.  Shu  bilan  birga  pedagogika  fani  boshqa 

fanlardan  ajiralgan  holda  rivojlana  olmaydi.  Pedagogikaning  tarbiya  sohasidagi 

obekti  o`sib  kelayotgan  yosh  avlod  bo`lganligi  uchun  pedagogika  insonni 

o`rganuvchi  fanlar  bilan  bog`liqdir.  Pedagogika  fanining  metodologik  asosini 

falsafa  tashkil  etadi.  Chunki  tarbiyaning  maqsadi,  ilimiy  dunyoqarashni 

shakllantiradi:  jamoa  va  shaxs  muammolari  vash  u  kabilar  fanlarni  metod 

birlashtiradi. Pedagogika fanida ko`plagan metodlar ilg`or tajiriybalarni o`rganish, 

kuzatish,  suhbat,  anketalashtirish,  maktab  hujjatlarini  o`rganish,  matematik  va 

tadqiqot  natijalarini  va  ularni  amalda  tadbiq  etish  kabi  metodlardan  keng 

qo`llaniladi. 

Pedagogikada  «tarbiya»  so`zi  turli  ma`noda  ishlatiladi.  Chunonchi  tarbiya 

keng  sotsial  ma`noda,  ijtimoiy  hodisa  sifatida  qo`llanilganda  jamiyatning  barcha 

tarbiyaviy  vositalarini:  oilani,  maktabgacha  tarbiya  muassasalarini,  o`quv  tarbiya 

muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo`nalishida olib 

boradigan  harakatlarini  o`z  ichiga  oladi.  Bu  tarbiya  vositalari  o`sib  kelayotgan 

yosh  avlodni  har  tomonlama  kamol  topishiga  xizmat  qiladi.  Pedagogik 

adabiyotlarda  va  amaliyotda  «tarbiya»  so`zi  aniq  tor  yo`nalishni  belgilash  uchun 

ham  ishlatiladi.  Xuddi  shu  ma`noda  tarbiyachi  rahbarligida  aniq  maqsadga 

qaratilgan  jarayon  tushuniladi.  O`qitish-o`qituvchi  va  o`quvchining  birgalikdagi 

faoliyati  va  bu  jarayonda  bolalarning  ma`lumot  olishi,  o`quv,  ko`nikma  va 

malakasini  egallashi,  tarbiyalanib,  rivojlanib  borishi  nazarda  tutiladi.  Inson 




kamoloti  bu  insonning  keng  ma`noda  ichki  va  tashqi  omillar  ta`sirida  shakllanish 

jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlanadi. 

Hozirgi  o`qitish  jarayonida  qo`yiladigan  talablar  nima  va  o`quvchilarda 

darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun 

nima  qilish  kerak?  Hozirgi  zamon  talimi  faqat  insoniyat  erishgan  bilimlarni 

o`zlashtirishni  emas,  balki  jamiyat  endi  hal  qilishi  va  bunda  bugungi  o`quvchilar 

qatnashishi  lozim  bo`lgan  masalalar  bilan  tanilishni  ham  talab  qiladi.  Garchi  har 

bir  o`qituvchining  ishida  anchagina  usul  va  metodlar  mavjud  bo`lsa  da,  ularni 

qo`llashdan  ko`zlanadigan  maqsad  tarbiyalanuvchining  ta`limiy  ishlarini 

faollashtirishdir.  Natijada  sinfning  bir  qismi  uchun  murakkablik  qilgan  material 

tushunarli  bo`ladi.  Bu  usul  o`quvchilarning  mashg`ulotlardagi  nuqsonlarini 

payqash  va  shu  zahoti  bartaraf  etishda  yordam  beradi.  Mazkur  usulning 

samaradorligi  ham  huddi  ana  shundadir.  Garchi  har  bir  o`qituvchining  ishida 

anchagina  usul  va  metodlar  mavjud  bo`lsada,  ularni  qo`llashdan  ko`zlanadigan 

maqsad  tarbiyalanuvchining  ta`limiy  usullarini  faollashtirishdir.  Bu  tadbir  juda 

muhim  bo`lib,  birinchidan  o`quvchilarni  ularning  etiqodiga,  etiqodni  esa  amaliy 

faoliyatga, hatti-harakatga aylantiradi. 

Maktabdagi  o`quv  jarayonining  sifati  ko`p  omillarga  bog`liq  bo`lib,  ular 

orasida o`qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular 

bilimlarning ongli va chuqur o`zlashtirilishiga, o`quvchilarda mustaqillik va ijodiy 

faollikning  rivojlanishiga  ijobiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Usul  va  metod  tushunchalari 

o`zaro  bog`liqdir,  chunki  ularning  har  bir  metod  sifatida  ham  namoyon  bo`ladi. 

Pedagogika  amaliyotida  o`qitish  usullari  va  metodlarining  juda  kata  boyligi 

to`plangan.  Ularni  tanlashda  turli  sharoyitlar,  o`qitilayotgan  fanning  harakteri, 

bolalarning  yosh  hususiyatlari,  oldingi  tayyorgarlik  darajasi  va  hakazolar  hisobga 

olinadi. 

Bundan  shunday  pedagogik  xulosa  chiqarish  mumkinki,  inson  hissiy  idrokni 

boyitish  bilangina  o`zining  bilimlarini  oshira  oladi.  Shuning  uchun  ta`limda 

o`quvchilarning  o`zidagi  tajiribaga  tayangan  metodlardan  iloji  boricha  keng 

foydalanish kerak. 




Metodlar  va  usullarni  tanlash  o`qituvchi  darsda  hal  qilishi  mo`ljallangan 

masalaga  bog`qliq  bo`ladi.  Chunonchi,  yangi  materialni  bayon  etishda  bir  hil 

metodlar 

qo`llansa, 

uni 

mustahkamlashda 



ikkinchi 

va 


mazmunini 

umumlashtirishda  yana  boshqa  hil  metodlar  qo`llanadi.  Darsning  turli 

bosqichlarida  puxta  o`ylash  va  samarali  usullar  hamda  metodlarni  tanlash  juda 

muhimdir. 

O`qituvchi  darsning  eng  boshida  4-5  daqiqa  umumiy  so`rashni  amalga 

oshiradi  va  o`quvchilarning  qoysi  guruhi  o`tgan  dars  bo`yicha  yetarli  darajada 

o`zlashtirmaganini  aniqlaydi  va  keyingi  so`rashda  sinfning  diqqat-etiborini  eng 

avval anna shu masalaga qaratadi. 

Dastlab  savollarga  javob  bera  oladigan  o`quvchilardan  so`raydi.  Natijada 

sinfning  bir  qismi  uchun  murakkablik  qilgan  material  tushunarli  bo`ladi.  Bu  usul 

o`quvchilarning  mashg`ulotlaridagi  nuqsonlarini  payqash  vash  u  zaxoti  bartaraf 

etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham huddi anna shundadir. 

Garchi  har  bir  o`qituvchining  ishiga  anchgina  usul  va  metodlar  mavjud 

bo`lsada,  ularni  qo`llashdan  ko`zlanadigan  maqsad  tarbiyalanuvchining  talimiy 

ishlarini  faollashtirishdir.  Bu  tadbir  juda  muhim  bo`lib,  birinchidan  o`quvchilarni 

ularni  etiqodiga,  etiqodni  esa  amaliy  faoliyatga,  hatti-harakatga  aylantiradi.  Zotan 

o`qish-o`rganish,  diqqat-etiborni  talab  qiladigan  murakkab  faoliyatdir  va  unda 

o`tkir  aql,  mustahkam  iroda,  tiniq  tasavvur,  kuchli  xotira  zarur.  O`qituvchining 

vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib`, o`quvchilarda ana shu sifatlarni 

tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni o`rgatishdir. 

Hozirgi  o`qitish  jarayonida  qo`yiladigan  talablar  nima  va  o`quvchilarda 

darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun 

nima  qilish  kerak?  Hozirgi  zamon  ta`limi  faqat  insoniyat  erishgan  bilimlarni 

o`zlashtirishni  emas,  balki  jamiyat  endi  hal  qilishi  va  bunda  bugungi  o`quvchilar 

qatnashishi  lozim  bo`lgan  masalalar  bilan  tanishishi  ham  talab  qiladi.  Bunday 

masalalar  kosmosni  o`zlashtirish,  atom  energiyasidan  tinchlik  maqsadlarida 

foydalanish,  cho`llarni  hosildor  yerlarga  va  bog`-rog`larga  aylantirish,  qishloq 

xo`jaligini  intensivlashtirish  v.hdan  iborat  bo`lishi  mumkin.  Xalq  xo`jaligi  va 




fanning  hamma  sohalarida  juda  kata  burilishlar  ro`y  bermoqda  va  ularda  har  bir 

o`qituvchi  o`zining  tarbiyalanuvchilarini  o`zi  o`qitadigan  fan  sohasi  bo`yicha 

navbatdagi qayta qurilishlar va erishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi kerak. 

Bu  ishni  o`quvchilarga  mos  ravishda  va  o`quv  dasturiga  muvofiq  amalga 

oshirishi  lozim.  Mazkur  talabning  ikkinchi  hususiyati  o`qituvchining  o`quvchilar 

fikri  doirasini  kengaytirish  to`g`risida  doimo  g`amho`rlik  qilishdir.  Talimning 

mana  shu    bosqichida  o`qituvchi  oldida  o`quvchilarga  oid  oddiygina  bilimlar 

berish  emas,  balki  uning  fikr  doirasini  kengaytirish,  qiziquvchanligi  oshirish  va 

ularda o`zi o`qitadigan fanga muxabbat uyg`otish vazifasi turibdi.  

Shunday  qilib,  o`qitish  metodi  o`qituvchi  va  o`quvchilar  vazifasi  nazariy  va 

amaliy  bilish  faoliyatini  talimiy  vazifalarini  bajarishga  qaratilgan  yo`ldir.  Unga 

kuydagi muyyan talablar qo`yiladi. 

1. O`quv metodlarini o`rganishning o`qituvchi tavsiya etgan yo`li fikrlashning 

dialiktik  materialistik  usuli,  mustaqil  qarashlar,    irodaviy  hususiyatlari  va 

quloqning shakllanishiga olib kelishi kerak. Ana shu talab nuqtaiy nazaridan metod 

tarbiyaviy tusta bo`lishi lozim.  

2. O`qitish metodining ilimiy asosi yaqqol va aniq bo`lishi zarur. Shundagina 

o`qituvchi  mazkur  metod  orqali  qanday  masalalar  qo`yilishi  va  hal  qilinishi 

mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo`lmasligini ko`ra oladi. 

3. O`qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi. 

4. O`qitish metodining tushunarliligi: o`qitishning yo`li o`quvchi uchun qabul 

qilinishi  va  qo`llashi,  o`quv  metodlarini  o`rganishning  usuli  esa  bilimlarni 

o`zlashtirishning imkoniyatiga bog`liq bo`lishi lozim.  

5. O`qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy tadbir. 

6. Bilimlarning puxtaligi va asosiyligi. 

7. O`qitish metodikasi nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi. 

Har  qanday  metoddan  biror  maqsadga  erishish  ko`zda  tutiladi,  va  shuning 

uchun  u  qandaydir  maqsad  qo`yishini  unga  erishish  bo`yicha  faoliyat  uning 

obektini,  anna  shu  faoliyatni  amalga  oshirishda  yordam  beradigan  vositalarni 

berishini  taqazzo  etadi.  Har  qanday  faoliyat  uning  obektini  talab  qiladi.  Nihoyat 




metod  maqsadga  olib  borishi  kerak,  aks  holda  u  qo`yilgan  maqsad  uchun 

yaroqsizlikni, yaki bo`lmasa bu xolatda uning umuman noto`g`ri qo`llanilganligini 

etirof  etish  lozim.  Shunday  qilib  har  qanday  uni  qo`llashdan  ko`zlanadigan 

maqsadni,  shu  maqsadni  amalga  oshirish  faoliyatini  va  faoliyatini  bajarish 

vositalarini  talab  qiladi.  Bu  vazifalar  faoliyat  obekti  to`g`risidagi  predmetli  yoki 

aqliy  bilimlar  qo`yilgan  maqsadga  albatta  erishishdan  iborat  bo`lishi  mumkin. 

Bularning  hammasi  har  qanday  metodga  nisbatan  maqsadga  muvofiqdir.  Lekin 

o`qitish metodi uchun yetarli emas. 

Metod  strukturasiga  o`qish  usullari  turadi.  Lekin  metod  mazkur  usullar 

majmuyidan  iborat  emas.  Usul  o`qituvchi  yoki  o`quvchilar  aqliy  yoki  amaliy 

ishning alohida operatsiyalari bo`lib, ular mazkur metoda tavsiya etilgan materialni 

o`zlashtirish  shaklini  to`ldiradi.  Masalan:  O`qituvchi  eslab  qolish  usulini  beradi. 

Usul,  metoddan  ajiraladi,  o`zining  bilimlarini  o`zlashtirishdagi  va  ko`nikmalar 

hamda malakalarni shakllantirishdagi ahamiyatini yo`qotadi. 

O`qitish usullarini kuydagilarga bo`lish mumkin: 

-tafakkur,  xotira,  diqqat  va  xayolning  alohida  operatsiyalarini  tarkib 

toptiradigan va faollashtiradigan usullar. 

-fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarini vujudga keltiradigan 

usullar. 

-o`quvchilarning  o`quv  materialini  o`zlashtirish  bilan  bog`liq  kechinmalarni 

va hissiyotlarni faollashtiradigan usullar. 

-nazorat va o`quvchilarni o`zini-o`zi nazorat qilish usullari. 

-o`qitish 

jarayonida 

o`quvchilarning 

jamoaviy 

va 

shaxsiy 


o`zaro 

munosabatlarini boshqarish usullari. 

O`qitishning  turli  metodlariga  bir  hil  usullarni  kiritish  mumkin.  So`ngi 

yillarda  pedagogika  fani  va  maktab  amaliyotida  o`qitish  metodlari  muammosiga 

alohida etibor bermoqda.  




Yüklə 217,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin