Ma’lumot - o’qitish va o’zicha mustaqil bilim olish jarayoni bo’lib, uning natijasida kishida bilim, iqtidor, malaka va ijobiy qobiliyatlarning rivojlanganligi, ilmiy dunyoqarashning shakllanganligi nazarda tutiladi. Pedagogik ma’lumot o’rta va oliy darajada bo’lib, o’rta ma’lumot maxsus akademik litsey, pedagogik kollejlarda bosqichli shaklda boriladi. Natijada o’rta ma’lumot haqidagi guvohnoma beriladi. Oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar universitetlarda, pedagogika institutlarda, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tayyorlanadi.
O’qitish — o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o’quv ko’nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
Inson kamoloti — bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Insonning shakllanishi — bu insonning hayot yo’li davomida rivojlanishining o’ziga xos shakli bo’lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi. Pedagogikada yana bir qancha tushunchalar mavjudki, ular haqida pedagogikaning boshqa boblarini o’rganish jarayonida fikr yuritiladi. Xullas, pedagogikaning asosiy kategoriyalari tarbiya, ta’lim, ma’lumot jarayonida o’quvchilar ma’naviy axloqiy yuksaklikning ko’tariladigan, qo’lga kiritilgan ilmiy bilimlar yordamida
dunyoqarashlarini shakllantiradilar, intelektual qobiliyatlari, ijodiy tafakkurlari, aqliy faolliklarini o’qitadilar, jismoniy kuchlarini rivojlantiradilar. Pedagogika (paydagogos-grekcha «bola» va «yetaklash» ma`nosini bildiradi) insonni shakllantirishda muayyan tizim, faoliyat hamda ta`lim-tarbiyaning mazmuni, shaxsi va metodlari haqida bahs yuritadi. Pedagogikaning an`anaviy tushunchasi-o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o`qitish. XIX asrgacha pedagogika to`g’risida shunda y tushuncha mavjud edi. Hozirgi paytda pedagogika predmeti kengaydi, chunki yangi yo`nalishlar paydo bo`ldi. Jumladan, kasb ta`limi pedagogikasi, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi pedagogikasi, oliy ta`lim pedagogikasi va boshq. Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo`lishi bilan vujudga keldi. U bilan birga taraqqiy etdi, jamiyatning o`zgarishi bilan o`zgarib bordi. Ta`lim-tarbiya: o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarni tarbiya vazifalariga muvofiq bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish uchun muayyan maqsad asosida yo`lga qo`yilgan, rejali ravishda amalga oshiriladigan ish jarayonidir. Ta`lim-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o`tkaziladigan, o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantiradigan va Shuning bilan birga, ularning bilish qobiliyatlarini tarkib toptiradigan jarayondir.
Xulosa:Ko’rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini hisobga olgan holda o’quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi. Pedagogika fani bo`yicha ilmiy tadqiqot metodlari barcha fanlar kabi pedagogika fanining ham takomillashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to`g’ri hal etish yo`llarini aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |