Ma’lumot - o’qitish va o’zicha mustaqil bilim olish jarayoni bo’lib,
uning natijasida kishida bilim, iqtidor, malaka va ijobiy qobiliyatlarning rivojlanganligi, ilmiy dunyoqarashning shakllanganligi nazarda tutiladi. Pedagogik ma’lumot o’rta va oliy darajada bo’lib, o’rta ma’lumot maxsus akademik litsey, pedagogik kollejlarda bosqichli shaklda boriladi. Natijada o’rta ma’lumot haqidagi guvohnoma beriladi. Oliy pedagogik ma’lumotli
mutaxassislar universitetlarda, pedagogika institutlarda, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tayyorlanadi.
O’qitish — o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o’quv ko’nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
Inson kamoloti — bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Insonning shakllanishi — bu insonning hayot yo’li davomida rivojlanishining o’ziga xos shakli bo’lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi. Pedagogikada yana bir qancha tushunchalar mavjudki, ular haqida pedagogikaning boshqa boblarini o’rganish jarayonida fikr yuritiladi. Xullas, pedagogikaning
asosiy kategoriyalari tarbiya, ta’lim, ma’lumot jarayonida o’quvchilar ma’naviy axloqiy yuksaklikning ko’tariladigan, qo’lga kiritilgan ilmiy bilimlar yordamida