Pedagogika ijtimoiy fan sifatida arxiv uz


Pedagogikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 31,07 Kb.
səhifə3/5
tarix20.10.2023
ölçüsü31,07 Kb.
#157948
1   2   3   4   5
Umumiy Pedagogika Jismoniy va estetik tarbiya

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari.


Tayanch iboralar: fanning asosiy tushunchalari, bilim berish, ma’lumot ta’lim tarbiya natijasidir, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati, inson kamoloti, insonning shakllanishi, dunyoqarash va xulqning tarkib topishi.

Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogika faning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u shaxsni shakllantirish va rivojlantirish uchun tarbiya, ta’lim, ma’lumot qonuniyatlarini o’rganadi va ularning yaxlitligini, uyg’unligini ta’minlash uchun pedagogik shart sharoitlar yaratadi. Shu bois pedagogika fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari) tarbiya, ta’lim, ma’lumot, rivojlanish, bilim, ko`nikma, malaka va boshq.


Ma’lumki, shaxs turli omillar ta’sirida shakllanib, rivojlanadi. Sotsial ma’nodagi tarbiya tushunchalari insonning tevarak atrofidagi ijtimoiy sharoitlar, u yashagan tuzimning unga ta’siri sifatida tushuniladi. Tarbiya bu ta’sirlarning ijobiysidan to’la foydalaniladi, salbiy ta’sirni zaiflashtirishga harakat qiladi. Tarbiya haqida pedagogik nuqtai nazardan keng ma’no beradigan bo’lagi, ta’lim tarbiya muassalari tizimida amalga oshiriladigan butun o`quv tarbiya jarayoning biror maqsadni amalga oshirish uchun oldindan tashkil etilgan faoliyat tushuniladi. Milliy mustaqillik tarbiyasining maqsadi mehnat va ijtimoiy faoliyatga, Vatan himoyasiga tayyor bo’lgan, barkamol shaxsni tarkib toptirishdan iborat. Zero, «Yurtiga Vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg'ulari, xalqimizning qon -qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab
- avaylab va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il - qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini, tashkil etmog`i kerak». Karimov I.A O’zbekistonning siyosiy va ijtimoiy iqbolining asosiy tamoyillari T. «O’zbekiston, 1995, 51 bet».
Ikkinchi asosiy pedagogik kategoriya, ya’ni o`qitish, bilim berish, ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish tushunchasidir.

O`qitish o`qituvchi bilan o`quvchilarning o’zaro munosabatidan iborat bo’lgan, aniq maqsadga qaratilgan jarayondir. Ta’lim jarayonida o`quvchilar, o`qituvchi boshchiligida insoniyat tomonidan yaratilgan, hayot uchun, kelajak faoliyati uchun zarur bo’lgan ilmlar bilan qurollanadilar, amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Ta’lim jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri Shundan iboratki, bu jarayonda ijodiy tafakkur rivojlanishi, intellektual qobiliyatlarni jadal o’sishi, mustaqil bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Agar, bu jarayon o`qituvchi va o`quvchining faolligi asosida tashkil etilmasa o`qishdan kutilgan maqsadga erisholmaydi. O’qituvchi bu jarayonda faqat ma’lumotlar bayon qilish, o’zlashtirish jarayonini boshqarish bilan cheklanmay, o`quvchilar o`quv biluv faoliyatlarini tashkilotchisi bo’lishi kerak.
Asosiy pedagogik kategoriyalardan yana biri ma’lumot tushunchasidir. Ma’lumot ta’lim tarbiya jarayonining natijasi orqali egallangan bilim, ko’nikma malakalar yig’indisi va shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. Ma’lumot olishning to’gri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan, aniq rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir. Ma’lumot - ta’lim va tarbiya natijasidir.
Pedagogikada «tarbiya» so’zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo’llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, o’quv-tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo’nalishida olib boradigan harakatlarini o’z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish yo’lida xizmat qiladi.
Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda «tarbiya» so’zi aniq, tor yo’nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi.
Yangilanayotgan bugungi pedagogika ilmidagi tushunchalar va ta’riflar esa, asosan, milliy istiqlol mafkurasiga mos, umuminsoniy qadriyatlar va milliy o’ziga xoslik bilan birgalikdagi uyg’unlik asosida yaratilmoqda.
Pedagogikaning bir-biri bilan uzviy bog’langan muhim tushunchalari quyidagilardir: tarbiya, ta’lim, ma’lumot, inson kamoloti, insonning shakllanishi, o’qitish, tarbiyaning asosiy qonunlari va maqsadi, pedagogik jarayon, pedagogik muhit, tarbiya

turlari (aqliy, huquqiy, iqtisodiy, mehnat, ekologik, axloqiy, jismoniy va estetik), tarbiya uslublari, ta’lim metodlari, pedagogik-psixologik tushunchalar (ruhiyat, shaxs, faoliyat, o’z-o’zini anglash, muloqot, ruhiy jarayon va holat, malaka, qobiliyat, jo’shqinlik, xarakter, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, sezgi, hissiyot, o’rganish va o’rgatish).
Yuqorida keltirilgan pedagogik tushuncha (kategoriya) larning barchasiga ta’rif berish va izohlash mavzuimiz hajmiy darajasi imkonidan tashqari bo’lganligi bois pedagogikada eng ko’p qo’llaniladigan asosiy tushunchalargagina izoh berishni lozim topdik.
Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida qo’llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarni o’z ichiga oladi.
Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari - o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o’ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish tinglovchilardagi turg’un bo’lgan an’analaridir.
Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin, har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o’ziga xosligi bilan farq qiladi.
Xalq iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy zaruratdan kelib chiqib, yosh avlodni tarbiyalash muammolari dastlab Xalq og’zaki ijodiyoti, Xalq pedagogikasi, yozma yodgorlik va pandnomalarda, mutafakkir va ma’rifatparvarlarning asarlarida bosh mavzu bo’lib, komil inson sshaxsini shakllantirish uchun zaruriy hodisa sifatida talqin etilgan. Xalq og’zaki ijodiyotida tarbiya bosh masala sifatida tavsiflangan bo’lsa, tarbiya va odob, Vatanga cheksiz muhabbat, adolat, insof, botirlik, mehnatsevarlik, bilimdonlik kabi g’oyalar tarbiya vositasi tarzida qo’llanilgan. “Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas”, “Vatanga kelgan iymonga kelar”. “Bola tuqqanniki emas, tarbiyalaganniki”. “Ota g’ayratli bo’lsa, bola ibratli bo’lar” kabi Xalq maqollari bevosita tarbiyaga dahldordir. Hadis ilmida tarbiyaning

inson kamoloti uchun cheksiz muhabbat, ilmiy tuyg’u kabi sifatlarning izohi ham beriladi. "Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxsxilangiz". "Otaga itoat qilish­tangriga itoat qilishdir" va boshqalar shular jumlasidandir.
Xalq og’zaki ijodiyoti va pedagogikasida tarbiya muammosi inson uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy, jismoniy, ma’naviy, axloqiy sifatlarini qamrab olgan bo’lib, tarbiya orqali amalga oshirish nazarda tutiladi. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida keltirilganidek:
Qobilga tarbiya erur ul nav’qin guhar Tushsa, najosat ichra yuvgay kimsa ani pok. Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv, Bu tarbiya bilan qila olgaymu ani tok.
Quyidagi satrlarda alloma tarbiyani kimga berishni ham bilish kerakligini ta’kidlab, tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qilishga, uning qonun-qoidalariga amal qilishga ham chorlaydi. Pedagogika fanida tarbiya-inson tarbiyasi muammolarini asosiy maqsad qilib, barkamol shaxsni shakllantirishga zamonaviy pedagogika fani yutuqlaridan foydalanish bilan bir qatorda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizdan foydalanish va ijodiy yondoshishni talab etadi. Bu talab ajdodlarimiz g’oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb hisoblaymiz:
-Tarbiya inson faoliyati jarayonida tartibli ta’sir etuvchi omil bo’lib, natijasini insonning yashab turgan ijtimoiy sharoiti belgilaydi;
-Inson kamolotini harakatlantiruvchi kuch, qarama- qarshiliklarning mavjudligi, uning shaxsiy hayotida namoyon bo’ladi;
-Inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va hodisalarga qiziqish uyg’otish va uni e’tiqodga aylantirish lozim. Chunki, e’tiqod insonning jamiyatda bo’lgan munosabatida, tevarak-atrofda kechayotgan voqea-hodisalarga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi;
-Tarbiya jarayoni yoshlarning kattalar bilan, kattalarning yoshlar bilan qonuniy munosabati natijasida amalga oshirilishini ta’minlashi demakdir.
-Tarbiya jarayonining qonun, qoida, tamoyil va metodlarini pedagogikaning tarbiya nazariyasi qismi chuqur, atroflicha o’rganadi.
Ta’limga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: Ta`lim - ma’lum maqsadga yo’naltirilgan, rejali ravishda amalga

oshiriladigan o’qituvchi-o’quvchilarning o’zaro muloqot-munosabati bo’lib, o’quv fanlariga oid tushunchalarni va yetakchi g’oyalarni o’quvchilar ongiga singdirib borishga asoslanadi. Buning natijasida o’quvchida ma’lumot, tarbiya va umumiy shakllanish, rivojlanish amalga oshadi.
Ta’lim berish o`quvchilarga bilimni tartibli bayon qilish jarayonidir. Ta’lim va tarbiya uzviy bog`langan jarayon bo’lganligi sababli tarbiyalangan komil inson aqliy kamolotiga tartibli ta’sir ko’rsatish orqali ilmli, barkamol inson bo’lib yetishadi. Ta’lim jarayoni insonlarga nimalarni berishi haqida Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg’u bilig” asarida shunda y yozgan edi:
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur, Bilim kimda bo’lsa, buyuklik olur. O’quvli tirikdir, o’quvsiz-o’lik, Kelu, ey o’quvsiz, o’quv ol o’lik.
Ta’lim inson aqliy kamolotini yuzaga chiqaruvchi pedagogika- tarbiyaShunoslikning bir qismidir. Pedagogikaning didaktika bo’limi uni atroflicha o’rganadi.

Yüklə 31,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin