Sayrni rejalashtirish.
1. Qoidaviy o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi ko‘rsatilgan holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o‘yin yoki tanish o‘yinni rejalashtirish mumkin. Katta guruhda ham bolalarga tanish bo‘lgan ikki o’yinni sayrni boshida va oxirida rejalshtirgan ma’qul.
2. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan, harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko‘chani, farroshning ishini va shunga o‘xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o ‘simliklarni, yog‘ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5—6 marta kuzatiladi. Ob-havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo‘lmaydi. Buni pedagogi rejasi quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta davomida) qor yog‘ishini kuzatish. Bu tadbir o‘tkazilayotgan mashg‘ulot bilan uzviy bo‘gliq boiishi kerak.
3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o‘tqazish, suv quyish, chopiq qilish, o‘simlik urug‘ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar.)
b) maishiy-xo‘jalik mehnati (barglarni yig‘ish, qorni tozalash, ayvonchani supurish, qafasni tozalash, yo‘lkalarga qum sepish va shunga o‘xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san’at, ona tilini o‘rganish va boshqalar.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo’yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o‘rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
5. Sport o‘yinlari (voleybol, badminton va shunga o’xshashlar), sport ermak o‘yinlari (chang‘I, konki, chana, velosiped va boshq.).
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo‘ylab va maydonchadan tashqarida o‘tkaziladi. Awal ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu o‘tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko‘p narsalar o‘zgaribdi.)
7. Qurilish o‘yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar.
Sayrda bolalarning sujetli-rangli o‘yinlari yuzaga kelishi va rivojlanishi, o‘yin harakatlariga bolalarni o‘rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi edagogi rejasida o‘yin uchun olib chiqiladigan o‘yinchoqlarni, ularning ayrim qismlarini ham ko‘rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug‘ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o‘yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to‘g‘risida bolalar bilan gaplashib oladi.
Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Running ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar. Kunning ikkinchi yarmida bolalarning guruhdagi o‘yin faoliyati rejalashtiriladi.
Uyqudan edago o‘yin uchun kichik guruhda — 45 daqiqa, o‘rta guruhda — 1 soat, katta guruhda — 1 soat, tayyorlov guruhida— 1,5 soat ajratiladi.
Sujetli-rolli o‘yinlar ham rejalashtiriladi (faqat nomigina yoziladi). Rejada, shuningdek, stol usti bosma o‘yinlari, didaktik o‘yinlar ham mo‘ljallanadi. Rejaga stol usti bosma o‘yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda dramalashtirilgan o‘yinlar ham rejalashtiriladi.
Tarbiyachi qurilish o‘yinlarida o‘zining qatnashishini ham rejaga yozib qo’yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo‘ljallanadi. Kechqurungi ko‘ngil ochish o‘yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir marta o’tkaziladi.
Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kun davomida o‘qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o‘qishdan oldin « 0 ‘tgan gal men sizlarga nima o‘qib bergan edim?» deydi. Bolalar buni esga tushirib so‘zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi.
Kunning ikkinchi yarmida, asosan, bolalarning xilma-xil o‘yin faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning sujetli-rolli o‘yinlari uchun sharoit yaratish, o’yinchoqlar bilan o‘ynashga o’rgatish va boshqalar edagogi rejasiga yoziladi. 0 ‘yinda tarbiyachining qatnashishi ham rejaga qayd etiladi. Bu bolalar o‘yinini tashkil etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Katta va tayyorlov guruhida tarbiyachining bolalar o‘yiniga rahbarligi o‘zgarib, bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o‘tadi, tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o‘yinlarni ham rejalashtiradi.
Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig‘ishtirish, yirtilgan kitoblarni ta’mirlash, qo‘g‘irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o‘yinchoqlar yasab berish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko‘ngilochar o‘yinlarni ham unutmaydi.
Bunga qo‘g‘irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko‘ngil ochish soatlari, gramplastinka eshitish va shunga o‘xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi yarmida har kuni sayr o‘tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o‘yinlar, mehnat faoliyati kiradi.
Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli obyekt bilan muloqotda bo‘lish ham pedagog rejasidan o‘rin olishi kerak.
Tarbiyachi bolalarning o‘zlari qiziqqan faoliyat bilan shug‘illanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan shug‘ullanadigan qilib tuzilishi lozim.