Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar O’zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya muassasalarida amaliy yoki aqliy vazifalarni hal qilishda umum qabul qilingan usullaridan foydalanishni taxmin qiluvchi pedagogik texnologiyalarni shiddatli izlash va mavjud an’anaviy “Men kabi bajar” texnologiyalarini rivojlantirish – qayta tiklash (reproduktiv) olib borilmoqda.
Pedagogik texnologiya deganda, ta’limiy maqsadlarni samarali amalga oshirishga imkon beruvchi ta’lim va tarbiya jarayonining nazariy asoslangan vosita va usullari majmuini amalga oshirish tushuniladi.
Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyadan foydalanishda ta’limiy maqsadlar bir xil berilib, ob’ektiv bosqichma-bosqich o’zgarishlar va erishilgan natijalarni yakuniy baholash imkoniyatining saqlanishiga mos holda ilmiy loyihalashni mo’ljallaydi.
Zamonaviy rivojlanuvchi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga, shuningdek, bola psixik jarayonlari taraqqiyotiga, uning shaxsiy sifatlari, intellektual-ijodiy qobiliyatlari, jismoniy rivojlanishi shakllanishiga yo’naltirilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish sharoitlarida pedagogik texnologiyalar pedagog tomonidan bolani ijobiy idrok qilishga, ya’ni uni qanday bo’lsa, shundayligicha idrok qilish; shaxs ichki dunyosiga yo’nalganlik, bolaga tabiat tomonidan in’om etilgan xususiyatlarni aniqlash va ochish; yaqin kelajak rivojlanish zonasida o’qitish; ixtiyoriy ravishda tarbiyalash; pedagogik qo’llab-quvvatlash pozitsiyalarida; erkinlik va ijod pozitsiyalarida; maktabgacha yoshi davrining asosiy yetakchi faoliyati – o’yin imkoniyatlaridan (pedagogik va psixologik) foydalanish; ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirish hamma vaqt baholashni, tahlilni va bu jarayon natijalarini hisobga olishni talab qilganligi sababli turli pedagogik texnologiyalarni diagnostik asosda yaratish lozim. Ta’lim samaradorligi bolaning ilm olish ta’siriga qanchalik berilganligiga bog’liq. Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyati bolaga oliy ne’mat deb qarash, unga ishonish, hammuallif sifatida uni tan olish, uning barcha haq-huquqlarini saqlash munosabatlari bilan ta’minlanishi zarur. Maktabgacha ta’lim samaradorligini boshqarish algoritmini, ya’ni qo’yilgan o’quv yoki tarbiyaviy maqsadlarga erishishda bola bilish faoliyatini nazorat qilish va koreksiyalashning qoidalar tizimi bilan aniqlash zarur.