4. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish - Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv Amaliyi tashkil qilishi mumkin.
- Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.
Metodika uyushmasi hujjatlari: Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organlaridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.