Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


Amaliy va Amaliy mashg'ulotlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə36/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

5. Amaliy va Amaliy mashg'ulotlari
Maktabgacha ta'lim xodimlarining ishlash malakalarini oshirish shakllaridan biri bu Amaliylardir.
Amaliylarda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Amaliy mavzulari viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta'lim boshqarmalari (bo'limlari) tomonidan belgilanadi.
Amaliy uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazifalari, mavzular tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi.
Ma'ruza mavzulari Amaliy qatnashchilariga taqsimlab beriladi, har bir ma'ruzachi belgilangan mavzusi bo'yicha o'z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun Amaliy mavzusini quyidagicha tanlash mumkin:

  • mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi;

  • o'yin faoliyatiga rahbarligi.

Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qo'shiq san'atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo'shiqlarni kuylashga o'rgatish kabi mavzularda Amaliylar tash kil etilishi mumkin. Amaliylarning asosiy maqsadi - alohida metodika bo'yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo'yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ularning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Amaliy o'quv mashg'ulotlar rejasi bir yilga mo'ljallangan bo'lib, viloyat va respublika miqyosida 5-12 kunga ishdan ajralgan, shahar va tuman Amaliyian esa har oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Amaliylar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida Amaliy mashg'ulotlari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdiqlanadi hamda muassasaning yillik rejasiga kiritiladi. Shu asosda barcha metodist-tarbiyachilarning faol ishtirokida Amaliy mashg'ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Amaliy mashg'ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlanishi, rejada bir xil mavzularning ko'tarilishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Aks holda, bu Amaliy qatnashchilarining qiziqishi va faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mashg'ulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bog'liq holda bayon etilishi kerak.
Amaliy mavzulari taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • yasli va bog'cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (Amaliyni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi);

  • turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish usullari;

  • maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;

  • tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o'ziga xos jihatlari va hokazo.

Ma'ruzalar
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining g'oyaviy siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o'stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta'lim-tarbiya, ma'naviy ma'rifiy mavzular bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, siyosiy va ma'naviy jihatdan yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun ma'ruzalar yuksak ilmiy-g'oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy bog'liq holda o'tkazilishi talab etiladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin