Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə12/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

3. Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.


Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
- O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
- tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovlari;
- shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko'rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- mahalliy xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovi miqdori va uni to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
To'lov banklar orqali tegishli g'aznachilik bo'limlarida ochilgan shaxsiy g'aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo'shimcha mablag'larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
Davlat maktabgacha talim muassasasida zarur moddiytexnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo'lgan taqdirda, ta'lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta'lim tarbiya xizmatlari ko'rsatiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida pullik qo'shimcha ta'lim-tarbiya xizmatlari ko'rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minoti:
- Muassis nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga molmulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
- Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi,
- Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
- Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiytexnik jihatdan ta'minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.



Maktabgacha ta'lim m uassasalarini loyihalashtirish,
rejalashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda sohaga oid me’yoriyhuquqiy hujjatlar: qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar,
yo'riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlarga asoslanib ish
yuritadi. Maktabgacha ta'lim m uassasasi o'z huquq va vakolatlari
doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan,
yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish
ishlarini amalga oshirish, m ehnat resurslaridan foydalanish,
xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan kelishgan holda hal
etishlari lozim

Maktabgacha ta'lim muassasalarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy me'yorlari Maktabgacha ta'lim, Sog'liqni saqlash, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika tashkilot va idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.


Maktabgacha ta’lim muassasalarini mablag' bilan ta'minlashda hisob birligi sifatidan o'rtacha yillik hisobda bir bola olinadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish borasidagi rejalarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari
o'zaro kelishgan holda hal etishlari lozim.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin