Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə14/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

Munozara texnologiyasi
Munozara qatnashchilariga eslatma:
1. Munozara - masalani hal etish, yechish usul va uslublarini izlab topishga qaratilmog'i lozim,
2. Ko'p gapirmasdan, boshqalarning so'zlashiga imkon ber!
3. Maqsadga erishish yo'lida hissiyotlaringni jilovlab, pishiqpuxta o'ylagan holda so'zla!
4. Raqiblarning fikr-mulohaza va dalillarini diqqat bilan tingla!
5. Raqiblarning fikr-mulohazalariga tanqidiy munosabatda bo'l!
6. Munozara mavzusi doirasidan chetga chiqmagan holda fikrlaringni bayon et!
Munozarani boshqarish subyektlari
Boshlovchi - munozarani oqilona olib borish, ishtirokchilar tomonidan javoblarning asoslanishi, atama va tushunchalarning o'rinli qo'llanganini izohlab boradi, ishtirokchilar o'rtasidagi muloqotni, taqdimotlar taqsimotini to'g'ri boshqaradi.
Taqrizchi - tomonlarning ma'ruzalarini yo'nalishlar bo'yicha tahlil etib, masalaning dolzarbligi, aniq qo'yilgani, ilmiy jihatdan asoslanishi, fikr-mulohazalarning mantiqiyligi hamda xulosalarning asosli va to'g'riligini baholab boradi.
Raqib - munozarada ishtirok etadigan bir guruhga muxolif bo'lgan boshqa guruhyoki guruh a'zosi.U asosiy ma'ruzachining mulohazalarini quruq tanqid qilish bilan cheklanmasdan, uning qarashlaridagi zaif yoki xato tomonlarini ko'rsatib berish hamda o'zining fikrini asoslab berishga intiladi.
Ekspert - munozara jarayoni, jumladan, munozara ishtirokchilari tomonidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, ilgari surilgan xulosalar, taklif va tavsiyalarning izchilligi, haqqoniyligi va samaradorligini baholaydi.
Munozara o'tkazish reglamenti
1. Boshlovchi ma'ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarini e'lon qiladi.
2. Ma’ruza 5 daqiqa davom etadi.
3. Taqrizchiga 2 daqiqa ajratiladi.
4. Raqib tarafga ma'ruza mavzusi bo'yicha fikrlarini bayon etish uchun 1-3 ndaqiqa beriladi.
5. Yalpi muhokama 5-10 daqiqa davom etadi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin