2. Metodika kabinetiishining mazmuni va asosiy shakllari
Metodika kabineti o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko'ra:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o'rganadi;
«Ilk qadam» dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma'ruzalar o'qishga, Amaliy-mashg'ulotlar o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta'lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni to'plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog'liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar, Amaliytreninglar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi)
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qilinadi.