GLOSSARIYA Lingvopoetika – tilshunoslikning adabiyotshunoslik bilan munosabatidan
hosil bo`lgan yo`nalishi.
Pragmatika – Tilshunoslikning til birliklarining amaliy tomonlarini
o`rganuvchi yangi yo`nalishi.
Sosiolingvistika – tilshunoslikning jamiyatshunoslik bilan munosabatidan
paydo bo`lgan yangi yo`nalishi.
Neyrolingvistika – nevrologiya va tilshunoslik orasidagi yangi yo`nalish.
Paralingvistika – noverbal vositalarni o`rgnuvchi tilshunoslik yo`nalishi.
Sistemaviy tilshunoslik – tilni belgilar sistemasi sifatida o`rganuvchi
tilshunoslik yo`nalishi.
Paradigmatika – til birliklarining qiyosiy munosabatlarini sistemaviy asosda
o`rganish usuli.
Sintagmatika – til birliklarining nutq jarayonidagi ketma-ket munosabati
asosida shakllanishi.
Tahlil metodikasi – til birliklarini muayyan tamoyilga asoslanib o`rganish
usuli.
Invariant – variantlilik – til birliklari va ularning nutqda turli ko`rinishda
voqelanishi.
Til-nutq dixotomiyasi – nutqiy jarayonning bo`linishi. Til inson ongida
imkoniyat sifatida turuvchi hodisa. Nutq esa, mana shu imkoniyatning
voqelanishi.
Fonema – eng kichik til birligi, bevosita kuzatishda berilgan tovushlarning
lingvistik umumlashmasi, abstraksiyasi.
Kogerensiya – tovushlarning o`zaro yoki birining ikkinchisiga kombinasion
tobeligi.
Divergensiya – kombinasion tobelik munosabati natijasida hosil bo`lgan
kombinasion o`zgarish.
Morfema – eng kichik ma'noli birlik, u nutqiy jarayonda variantlar orqali
voqelanadi.
Derivasion morfemalar – yangi leksema yasovchilar, so`z yasovchi affiksal
mofemalar.
Relyasion morfemalar – yangi so`z shaklini yasovchilar, shakl yasovchi
affiksal morfemalar.
Leksema – semema va nomemalarning o`zaro munosabatidan tashkil topgan
butunlik, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va vazifaviy semalar
munosabatidan iborat.
Nomema – leksemaning shakliy tomoni, sonema.
Semema – leksemaning mazmun tomoni.
Verbosentrik nazariya - (lotincha verbum-«fe'l», «so`z» demakdir) so`zni
tilning asosiy birligi deb e'tirof etuvchi nazariya.
Morfosentrik nazariya - (lotincha morfe-«shakl» demakdir) tilning birlamchi
ma'no birligi sifatida morfemaning e'tirof etuvchi nazariya.
Sosial differensiasiya – ijtimoiy holatiga ko`ra so`zlovchi nutqining
farqlanishi.
Propozisiya – gap (so`z) orqali anglashiladigan hukm.
Presuppozisiya – yashirin hukm (propozisiyaga zidlanadi).
Propozitiv struktura – biror bir hukmni ifodalash uchun xizmat qiluvchi
struktura.