Pedagogika instituti


Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə32/33
tarix14.04.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#97860
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Tilshunoslik

Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
- mashg‘ulotlardagi ishtiroki (davomat);
- mashg‘ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
- asosiy va qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish;
- mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
- nazoratning barcha turlarinii o‘z vaqtida bajarish.
AKADEMIK VA ETIK TALABLAR

Nazorat topshiriqlarini bajarishda ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaydi.
Test, o‘quv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko‘chirib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa talabaning o‘rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi.
Kurs bo‘yicha har qanday nazorat topshirig‘ini soxtalashtirgan talaba “fanni o‘zlashtirmagan” (“F”) hisoblanadi.
Mashg‘ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mashg‘ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin emas.
Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo‘lish talab etiladi.
Kontakt soatlari*: mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, ularni taqdim etish, zarur ma’lumotlar va turli materiallar bo‘yicha savollarga quyidagi grafik asosida o‘qituvchiga murijaat qilishingiz mumkin:





Kun

Vaqt

Xona

1.

Payshanba

10.00 – 12.00

302


TEST TOPSHIRIQLARI
1. “Inson-madaniyat-til” munosabatlarini o‘rganadigan yo‘nalish nima deyiladi?
A.Lingvokulturologiya
B.Lingvopraksiologiya
C.Lingvosotsiologiya
D.Lingvognoseologiya
2.Tilning bilish faoliyatidagi vazifasini o‘rganish, insonning voqelik bilan munosabatining til bilan bog‘liq tomonlarini aniqlashni o‘rganadigan yo‘nalish nima deyiladi?
A.Lingvognoseologiya
B.Lingvokulturologiya
C.Lingvopraksiologiya
D.Lingvosotsiologiya
3.Til va jamiyat aloqasini tadqiq qilishni o‘rganadigan yo‘nalish nima deyiladi?
A.Lingvosotsiologiya
B.Lingvognoseologiya
C.Lingvokulturologiya
D.Lingvopraksiologiya
4.Til va shaxs munosabati muammosini o‘rganadigan yo‘nalish nima deyiladi?
A.Lingvopsixologiya
B.Lingvosotsiologiya
C.Lingvognoseologiya
D.Lingvokulturologiya
5.Qanday munosabat yordamida tilning bosh vazifasi – kommunikativ vazifasi amalga oshadi?
A.Sintagmatik munosabat
B.Po‘g‘onali munosabat
C.Uyadoshlik munosabati
D.paradigmatik munosabat
6.Murakkablik darajasi turli xil bo‘lgan, ikki xil sathga mansub lisoniy birliklar munosabati qanday munosabat sanaladi?
A.Po‘g‘onali munosabat
B.Uyadoshlik munosabati
C.Paradigmatik munosabat
D.Sintagmatik munosabat
7.Ichki tuzilish birliklarning o‘zaro munosabati asosida vujudga kelgan butunlikni ifodalaydigan atama…
A.Tizim atamasi
B.Struktura atamasi
C.Divergensiya atamasi
D.Konvergensiya atamasi
8.Butunlikning ichki tuzilishini ontolo­gik tabiatini ifodalaydigan atama…
A.struktura atamasi
B.Divergensiya atamasi
C.Konvergensiya atamasi
D.Tizim atamasi
9.Til birligining turli-tuman o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan shakli nima deyiladi?
A.Variant
B.Invariant
C.Sinonim
D.Ekvipolent
10.Til birligining bevosita kuzatishda bir necha variantlar orqali moddiylashishgan shakli nima deyiladi?
A.Invariant
B.Sinonim
C.Ekvipolent
D.Variant
11.Lotincha “o‘zgaruvchi” degan ma’noni bildiradigan so‘z…
A.Variant
B.Invariant
C.Sinonim
D.Ekvipolent
12.Bir-birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiq unsurlarning o‘zaro shartlangan munosabatidan tashkil topgan butunlik nima deyiladi?
A.Tizim
B.Struktura
C.Variant
D.Invariant
13.Til vazifasi nuqtai nazaridan…
A.Kishilarning eng muhim aloqa vositasi sanaladi.
B.Ayrim birliklar va bu birliklardan foydalanish qoidalari yig‘indisi sanaladi.
C.Belgilar tizimi sanaladi
D.Mazmuniy axborotni kodlashtirish uchun xizmat qiladigan kodlar tizimi sanaladi.
14.Til qurilish mexanizmi nuqtai nazaridan…
A.Ayrim birliklar va bu birliklardan foydalanish qoidalari yig‘indisi sanaladi.
B.Kishilarning eng muhim aloqa vositasi sanaladi.
C.Belgilar tizimi sanaladi
D.Mazmuniy axborotni kodlashtirish uchun xizmat qiladigan kodlar tizimi sanaladi.
15.Til semiotik nuqtai nazardan…
A.Belgilar tizimi sanaladi.
B.Ayrim birliklar va bu birliklardan foydalanish qoidalari yig‘indisi sanaladi.
C.Kishilarning eng muhim aloqa vositasi sanaladi.
D.Mazmuniy axborotni kodlashtirish uchun xizmat qiladigan kodlar tizimi sanaladi.
16.Til axborot uzatish nuqtai nazaridan…
A.Mazmuniy axborotni kodlashtirish uchun xizmat qiladigan kodlar tizimi sanaladi.
B.Belgilar tizimi sanaladi.
C.Ayrim birliklar va bu birliklardan foydalanish qoidalari yig‘indisi sanaladi.
D.Kishilarning eng muhim aloqa vositasi sanaladi.
17.Predikativ belgini o‘zida ifoda etuvchi butunlik sanalib, shaxs (personallik), zamon (temporallik), modallik va tasdiq-inkorlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan birlik…
A.Gap
B.So‘z
C.Matn
D.So‘z birikmasi
18.Morfologik sath birligi sifatida ikki va undan ortiq morflarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikni toping.
A.So‘z
B.Matn
C.So‘z birikmasi
D. Morfema
19.Ikki va undan ortiq fonlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikni toping.
A.Morfema
B.So‘z
C.Matn
D.So‘z birikmasi
20.Fonlar, allofonlar yoki tovushlar orqali voqelanadigan birlik…
A.Fonema
B.Leksema
C.Morfema
D.Grafema
21.Tilning umumiy lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘lim…
A.Leksikografiya
B.Leksikologiya
S.Semasiologiya
D.Parameologiya
22.Shakl va mazmun tomonlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan va bu munosabat til egalari xotirasida lokallashgan birlik…
A.Leksema
B.So‘z
C.Nomema
D.Semema
23.Tildan tashqaridagi predmetlar, hodisalar, xususiyatlarni aks ettiruvchi nosintaktik, masalan, miqdor, makon, zamon kabi va gap hamda so‘z birikmasi tarkibidagi so‘z shakllarining aloqasini bildiruvchi sintaktik ma’nolarga bo‘linishi va ma’noni muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalashi nima deyiladi?
A.Grammatik ma’no
B.Grammatik kategoriya
C.So‘z shakl
D.Lug’aviy ma’no
24. Semema va nomemalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan til birligi…
A.Leksema
B.So‘z
C.Morfema
D.Semema
25.Leksemalardan boshqa birliklarni ham, ya’ni atash semasiga ega bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladigan til birligi…
A.So‘z
B.Leksema
C.Morfema
D.Semema
26.So‘zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti nima deyiladi?
A.Ifoda sema
B.Atash sema
C.Chegara sema
D.Vazifaviy sema
27.Har qanday vaziyat turli elementlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan bir butunlik …
A.Vaziyatdir
B.Sistemadir
C.Strukturadir
D.So‘z-shakldir
28.Til birliklari, grammatik shakllarning umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi, xususiy ma’nosiga ko‘ra farqlanuvchi tizimiga nima deyiladi?
A.Invariant
B.Paradigma
C.Sintagma
D.Variant
29.Qaysi atama yunoncha so‘z bo‘lib, “misol, namuna” , degan ma’noni anglatadi?
A.Sintagma
B.Variant
C.Paradigma
D.Invariant
30.Qaysi atama yunoncha so‘z bo‘lib, “birlashgan narsa” , degan ma’noni anglatadi?
A.Variant
B.Invariant
C.Paradigma
D.Sintagma
31.Nutqning mazmun va ritmo-melodik jihatdan bir butunlikni tashkil etuvchi semantik-sintaktik birligi nima deyiladi?
A.Variant
B.Invariant
C.Sintagma
D.Paradigma
32.Til birliklarining nutq oqimida yuz beradigan xususiyatlari asosidagi munosabatlari nima deyiladi?
A.Paradigmatik munosabat
B.Sintagmatik munosabat
C.Shak­liy sintagmatik munosabat
D.Mazmuniy sintagmatik munosabat
33.Matematik tilshunoslik termini nechanchi yillarda muomalaga kirgan?
A.O‘tgan asrning 50-yillarida
B.O‘tgan asrning 40-yillarida
C.O‘tgan asrning 60-yillarida
D.O‘tgan asrning 70-yillarida
34.Matematika fanining ta’siri natijasida tilshunoslikda keng qo‘llanilayotgan metod …
A.Tavsifiy metod
B.Struktur metod
C.Mantiqiy grammatik metod
D.Statistik metod
35.Borliqning (voqelikning) ma’lum bir bo‘lagi, birligi (elementi) haqida shu turdagi bilimlarni hosil qilishga qaratilgan insoniy faoliyat turi nima deyiladi?
A.Ilmiy tadqiq metodikasi
B.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
C.Ilmiy tadqiq
D.Metodologiya
36.Tadqiqotchining izlanishga qanday yondashishi, o‘rganish obyektini qanday tushunishi, unga qaysi nuqtai nazardan turib yondashishiga nima deyiladi?
A.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
B.Ilmiy tadqiq
C.Ilmiy tadqiq metodikasi
D.Bilish faoliyati
37.Tipologik umumiyliklar (lingvistik universaliylar) tahlil metodi
A.Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi
B.Distributiv tahlil metodi
C.Struktur metod
D.Sinxronik formal tavsifiy metod
38.Bu metodda tahlilning birinchi bosqichi jumlani eng kichik qismlarga ajratish – segmentlashdan boshlanadi. Qaysi metod haqida gap bormoqda?
A. Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi
B.Struktur metod
C.Sinxronik formal tavsifiy metod
D.Distributiv tahlil metodi
39.Asosan morfologiya va sintaksis doirasida qo‘llaniladigan metod…
A.Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi
B.Differensial tahlil metodi
C.Komponent tahlil metodi
D.Transformatsiyalash (aylantirish) metodi
40.Har xil katta-kichiklikdagi matnlarda ayrim-ayrim lisoniy hodisalarning (tovush, harf, bo‘g‘in, so‘z, olinma va o‘zlashmalar, yangi va eskirayotgan so‘z va qo‘shimchalar, har xil qurilmalar) qo‘llanilish miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan metodni toping.
A.Statistik tahlil metodi
B.Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi
C.Differensial tahlil metodi
D.Komponent tahlil metodi

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin