6-mavzu.Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari. Reja:
1.Sohaga oid terminlarning turlari.
2.Sohaviy leksikada manodoshlik, shakldoshlik, kopmanolilik munosabatlarining namoyon bolishi.
3.Ilmiy-ommabop matnlar.
Terminologiya leksikaning bir sohasidir. U fan, texnika, ishlab chiqarish, sanat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogliq terminlar majmuyi hisoblanadi. Terminlar tartibga solib turiladi. Maxsus lugatlar nashr etiladi.
1.Quyidagi fan sohalari nimani organadi? Ushbu
terminlarning manosini tushuntiring. Ular ishtirokida gaplar
tuzing.
Ekologiya, atrof-muhit, demografiya, energetika, okeanologiya,
sotsiologiya, kosmonavtika, irrigatsiya.
2. Matnni oqing. Uni qismlarga ajrating va har bir qismiga
sarlavha toping.
XXI asrga kelib insoniyat oldida juda kop va murakkab
muammolar paydo boldiki, ularning asosiy qismi tasir doirasining
miqyosi1 va ahamiyatiga kora global muammolar nomini oldi.
Butun dunyoni qamrab olgan, insoniyatning bugungi kuni va
kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va
xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi
muammolar global muammolar deb ataladi.
Global muammolar aholi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot va atrofmuhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar natijasidir. Ular:
jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar
manfaatlari va taqdirlariga ta’sir ko‘rsatuvchi;
iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talafotlar2ga, inqirozlarga
sabab bo‘luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining
mavjudligiga ham xavf soluvchi;
yechimini topishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni,
barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab
etuvchi muammolardir.
Global muammolar, avvalo, jahonda kechayotgan iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy
jarayonlarning umumbashariy3 ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga
keldi.
Global muammolarning soni taxminan 10tadan 40-50tagacha
boradi. Lekin shularning ichida asosiy, eng muhim muammolarning soni
10tadan oshmaydi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish
muammosi.
2. Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish
muammosi.
3.Ekologik muammo.
4.Demografik muammo.
5.Energetik muammo.
6.Xomashyo muammosi.
7.Oziq-ovqat muammosi.
8.Dunyo okeanidan foydalanish muammosi.
9.Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global
muammolarning eng muhimidir. Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha
mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning 3/4
qismi Afrikada, 1tasi Janubiy Amerikada va qolgani Osiyoda
joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik
hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib
chiqarmoqda.
Urush va tinchlik muammosi XX asr 2-yarmining deyarli 40 yili
mobaynida insoniyatning eng muhim muammosi bolib kelgan. 80-
yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda dunyo siyosiy xaritasida bolib
otgan chuqur va miqyosli ozgarishlar Garb bilan Sharq ortasida
vujudga kelishi mumkin bolgan global yadro urushi xavfining amalda
yoq bolishiga sabab boldi.
Global ekologik tizimning degradatsiyalanishi ilmiy asoslanmagan,
betartib tarzda tabiatdan foydalanish, inson faoliyati chiqindilari bilan
ifloslantirish, atrof-muhitning ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi
oqibatida yuz berdi.
Demografik muammo rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori
darajada tugilish va tabiiy kopayish bilan, rivojlangan mamlakatlarda
esa juda past darajadagi tugilish va tabiiy kopayish bilan boglangan.
Buning oqibatida birinchi guruh mamlakatlarida aholi va mehnat
resurslari soni tez osmoqda, ikkkinchi guruh mamlakatlarda esa aholi
va mehnat resurslari soni past suratlarda osmoqdaki, ular murakkab
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Global muammolar jumlasiga, shuningdek, xalqaro terrorizmga
qarshi kurashish va barcha xalqlar uchun tinchlikni taminlash; ochlik,
qashshoqlik va savodsizlikni tugatish; insoniyatni kerakli resurslar
oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taminlash;
fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yol
qoymaslik kabilar kiradi.
Global muammolarga qarshi kurashishda jahon hamjamiyatini
birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.