Pedagogika instituti


Quyidagi terminlarning ma’nosini eslab qoling



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə18/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

3. Quyidagi terminlarning ma’nosini eslab qoling.
Ekologiya (yunon tilidan – “uy, turar joy” va “ta’limot”) –
birgalikda yashaydigan tirik organizmlarning o‘zaro va tevarak-atrofdagi
muhit bilan bo‘lgan munosabatini, shuningdek, odam va biosfera
o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalalarini o‘rganuvchi fan.
Ekologik muvozanat – inson, o‘simlik va hayvonlar uchun zarur
bo‘lgan tabiiy sharoitlar muvozanati.
Ekologik krizis (ekologik tanglik) – ekologik tizimlar, alohida
hududlar yoki biosfera miqyosidagi tabiiy ofatlar; toshqin, yer silkinishi,
vulqonlar otilishi, qurg‘oqchilik, dovul, chigirtkalar ofati, yong‘in va
boshqa holatlar oqibatida yuz beradigan ekologik vaziyat. Ekologik
muvozanatning buzilishi ekologik tanglikka olib keladi.
4. Maqollarni o‘qing. Ularning mazmunini tushuntiring.
Toqqa qalin qor tushgani —
Yerning qonib suv ichgani.
Suv — zar, suvchi — zargar.
Suv keldi — nur keldi.
Suv qatrasi — dur qatrasi.
Suvning ko‘rinishi muloyim,
Bag‘ri — tosh.
Suvning ozi ham bir balo,
Ko‘pi ham bir balo.
223
Suvsiz yer — jonsiz jasad.
El hayoti yer bilan,
Yer hayoti suv bilan.
5. Matnni o‘qing. Undagi asosiy ma’lumotlarni konspekt
shaklida ifodalang.
Ma’lumotlarga qaraganda,
sayyoramiz aholisining uchdan bir
qismi turli mintaqalarda suv
resurslariga nisbatan o‘ta og‘ir
muhtojlik1ni boshidan kechirmoqda.
Ayniqsa, Afrika, Osiyo qit’alarida
ichimlik suvi juda tanqis va bu
qit’alarning ayrim hududlarida
qurg‘oqchilik2 kuchaygan, u keltirib
chiqarayotgan oziq-ovqat yetishmovchiligi natijasida esa millionlab
insonlar aziyat chekmoqda.
2050-yilga kelib yer yuzi aholisi 9 milliardga ko‘payishi bashorat
qilinmoqda. Global iqlim o‘zgarishi natijasida tabiatda turli xil xavfxatar, qurg‘oqchilik yuz berishi mumkin. Hozirgi ilm-fan shuni tan
olmoqdaki, kelajakda oziq-ovqat mahsulotlari, tiklanmaydigan tabiiy
resurslar, ular o‘rnini boshqa usullar bilan yaratilgan mahsulotlar
egallashi mumkin bo‘lsa-da, suvning o‘rnini boshqa biror bir mahsulot
bosa olmaydi. Shu bois sayyoramizda ichimlik suvining kamayib
borayotganligi o‘ta og‘ir xavflarni tug‘diradi.
Boz ustiga, bugungi kunda yer yuzidagi daryolarning yarmiga
yaqini ifloslangan, ularning resurslari tugab bormoqda. Shuningdek, Yer
sharidagi botqoqliklar maydoni va ichki suv resurslari qisqarmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, har kuni dunyoda 6 ming bola sanitariyagigiyena qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan suv iste’mol
qilganliklari tufayli barvaqt halok bo‘lmoqdalar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, yuqumli
kasalliklarning 80%dan ortig‘i ichimlik suv sifatining pastligi hamda suv
ta’minotida sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishlari bilan bog‘liq.
Bugun dunyo aholisining 3 milliardga yaqini ifloslangan suv iste’mol
qilmoqda va buning oqibatida ularning deyarli 2 milliardi turli
xastaliklarga chalingan.
Markaziy Osiyoda suv zaxiralarining qisqarishi, ularning sifat
ko‘rsatkichlari pasayishi ham eng dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
Aholining sog‘-salomatligi, kelajagi bevosita toza ichimlik suvi bilan
bog‘liq. Keyingi yillarda tog‘larga qor kam tushmoqda, muzliklar
maydoni qisqarmoqda, buning ustiga tog‘ zonalaridagi suv zaxirasini
to‘plovchi o‘rmonzorlar, archazorlar ayovsiz kesilmoqda. Zero, suv
resurslari jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili ekan, istiqboldagi
rivojlanish ko‘p jihatdan mavjud suv resurslari, ularning miqdori va
holati, suvga bo‘lgan talab va suvdan foydalanish darajasiga, umuman
olganda suvga bo‘lgan munosabatimizga bevosita bog‘liqdir.
Xalqaro miqyosda va mamlakatimizdagi daryolarni, shu jumladan
Zarafshon daryosi suvini ekologik sog‘lomlashtirish yuzasidan bir qator
aniq tadbirlar ishlab chiqilgan. Daryo qirg‘og‘ida suv muhofazasi
zonasini tashkil etish va jadallik bilan uni amalga oshirish, daryoga
tashlanayotgan barcha oqova suvlar1ini nazoratga olish va ularni keskin
qisqartirish, kanalizatsiya tizimlarini mukammallashtirish va
bakteriologik ifloslanishning oldini olish, ularni keskin qisqartirish
shular jumlasidandir.
Respublikamizda iste’mol qilinayotgan suv miqdorining 95%i
daryo va soylardan olinadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020-yilga borib
respublikamizda mavjud suv zaxiralarininig hajmi 15-20%ga kamayishi
kutilmoqda. Kelajakda aholi sonining yanada oshishi bilan yer usti va
yer osti suvlaridan ichimlik suvi sifatida foydalanish yanada kuchayadi.
Shu sababli yaqin yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash
eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoladi. Shaharlardan, dalalardan
chiqarilayotgan ifloslangan suvlarni tozalash bo‘yicha eng ilg‘or va
samarali texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish payti keldi.
Suvni tejash, undan oqilona foydalanish va kelgusi avlodga
yetkazib berish har birimizning burchimizdir.
(F. Ganiyeva.)



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin