Pedagogika instituti


-mavzu.O‘zbek adabiy tili me’yorlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə5/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

3-mavzu.O‘zbek adabiy tili me’yorlari.
Reja:🙋💐mana shundan boshlanadi
1.Fonetk me’yor.
2.Leksik-semantik me’yor.
3.Orfografik va orfoepik me’yor.
4.Morfologik va sintaktik me’yor.
Adabiy tilning tirik tirgagi adabiy me’yorlardir, chunki ularsiz
adabiy tili tushunchasi mohiyatini yo‘qotadi. Bu me’yorlar kishilar nutqiy
axloqining boshqaruvchisi, so‘zlovchisi sifatida xizmat qiladi. Ayni
me’yorlar bu tildan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiy
bo‘lganligidan so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot almashuv jarayonida
til belgilarining to‘g‘ri, adekvat, bir xil anglanishini ta’minlaydi (albatta,
bunda boshqa vositalar ham ishtirok etadi).
Adabiy me’yor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uyg‘un,
jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy
amaliyot va an’anaga muvofiq holda foydalanish qoidalaridir. Adabiy
me’yorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutqiy amaliyot,
ayniqsa, atoqli yozuvchilar — so‘z ustalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xuddi
shu amaliyotda barqarorlashgan so‘z (yoki boshqa lisoniy birlik)ni qo‘llash
doimiy qoida shaklini oladi. Qizig‘i shundaki, adabiy til me’yori nutqiy
amaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni boshqarishga xizmat qiladi. Til
me’yorlari milliy til birligi, butunligining bosh omillaridan
hisoblanadi. Ayni shu me’yorlar ko‘p shevali o‘zbek milliy tili egalarining
nutqiy muloqotini birlashtiradi. Til me’yorining ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganish, o‘zbek tili nutq madaniyati muammolarini nazariy jihatdan asoslashning muhim shartlaridan biridir. Chunki «til me’yori -nutq madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir». Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til me’yorlarining umumiy holatani, undagi turg‘un va noturg‘un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib, adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish, adabiy - me’yoriy tavsiflar berish mumkin emas.
Nutq madaniyatiga bag’ishlangan ishlarda ko‘pincha nutqimizda uchraydigan kamchiliklar haqida gap boradi. Lisoniy birliklarni xuddi shu shaklda qo‘llash kamchilik ekanligini nimaga asoslanib aytamiz? Tilshunoslikda mana shunday qo‘llanishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatuvchi ma’lum o‘lchov bo‘lishi kerak. Bu o‘lchov adabiy til me’yori hisoblanadi. S.I.Ojigovning fikricha, «me’yor - bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud bo‘lgan, bor bo‘lgan, yangi paydo bo‘lgan yoki o‘tmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig‘indisidir, keng ma’noda bu unsurlarni baholashdir».
B.N.Golovin: «Me’yor - bu til birliklarni o‘zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli undan foydalaniladigan xalq tomonidan yaratilgan, til qurilishining amalda bo‘lgan xususiyatidir.
Aynan mana shu zaruriyat til sistemasining yagonaligiga erishish yo‘lida odamlarga biron variantni ma’qul ko‘rish, boshqasidan voz kechish istagini tug‘diradi».
Demak, me’yor deganda til unsurlarining xalq o‘rtasida ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan variantini qo‘llash tushuniladi.
Me’yor tushunchasi til taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, tilda turg‘unlik kasb etadi va uzoq muddat yashaydi. Lekin bu me’yor o‘zgarmas hodisa degan xulosaga olib kelmaydi. Davr o‘zgarishi bilan odamlarning bilishi, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan talabi o‘zgarishi bilan me’yor ham o‘zgarib boradi. Demak, me’yor davr xarakteriga egadir. Me’yor tilning taraqqiyot qonunlari bilan, jamiyat taraqqiyot qonunlari bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik tilshunoslar me’yorni faqat adabiy tilga nisbat berib tushunadilar. Bu esa me’yorni tor ma’noda tushunishga olib keladi.
Rus tilshunosi V.A.Iskovich fikricha, me’yor hodisasi tilning barcha yashash shakllari uchun xosdir. Umumtil boyligi doirasida qaraladigan dialektizmlar, sheva unsurlari, jargon va argolar, kasb - hunarga oid ko‘pgina so‘zlar o‘zbek xalqining hammasiga tushunarli bo‘lmasa ham, o‘sha sheva va lahjalarda so‘zlashuvdagi kishilar yoki ma’lum ijtimoiy guruh uchun tushunarlidir. Masalan, do‘ppi: Samarqandda qalpoq, Xorazmda takya, Buxoroda kallapo‘sh, Farg’ona va Toshkentda do‘ppi deyish shu lahjalar uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun ham ba’zi tilshunoslar me’yorni ikkiga bo‘lib o’rganishni tavsiya qiladilar.
1. Umumiy me’yor; 2. Xususiy me’yor
Umumiy me’yor qardosh tillarga nisbatan belgilanadi. O‘zbeklar nutqini qardosh tillardan ajratib turuvchi me’yorlar o‘zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yorga juda qattiq amal qilinadi. Uni buzish til bergan imkoniyatlardan chetga chiqish bo‘ladi.
Umumiy me’yor bir tilning boshqa tillardan ajratuvchi me’yorlar bilan birga tilning ichki me’yorlarini ham o‘z ichiga oladi. Umumiy me’yor xususiy me’yordan tarkib topadi.
Xususiy me’yor muayyan nutq shakllarida amal qiladigan me’yorlar bo‘lib, u umumiy me’yorning nutqiy ko’rinishlaridir.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, o‘zbek tilining quyidagi xususiy me’yorlari haqida gapirish mumkin:
1. O‘zbek adabiy tili me’yori; 2. O‘zbek lahja va shevalar me’yori; (dialektal me’yor)
3. O‘zbek so‘zlashuv nutqi me’yori;
4. O‘zbek tilining ijtimoiy tarmoqlari, ya’ni «ijtimoiy dialektlar», «ijtimoiy argolar» me’yori.
Bulardan bizni adabiy til me’yori qiziqtiradi. Ana shu me’yor tufayli til yuqorida ta’kidlaganimizdek, umumxalq tilining yashash shakllaridan farq qiladi.
Til elementlarining me’yoriy holatga keltirishga intilish adabiy tilga xos xususiyatdir, bu jarayon muntazam davom etadi. Adabiy me’yor o‘z holicha shakllanadi. Uning shakllanishi va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qo‘shadilar.
Xalqning madaniyati yuksalib borgan sari me’yorni tashkil etuvchi til vositalari qo‘llash jihatdan barqarorlashib, mustahkamlanib boradi. Demak, me’yor ma’lum bir til jamoasida mustahkam qo‘llanib kelayotgan lisoniy hodisalar yig’indisidir. Me’yor til qurilish unsurlarning hammasiga tegishlidir. Shunga ko‘ra o‘zbek adabiy tilining aniq me’yorlari quyidagicha belgilanadi:
1. Fonetik me’yorlar; 2. Talaffuz me’yorlari; 3. So‘z yasash me’yorlari; 4. Morfologik me’yor; 5. Sintaktik me’yor; 6. Uslubiy me’yor;
7. Lug’aviy me’yor; 8. Punktuatsion me’yor.
Fonetik me’yor. Hozirgi adabiy til uchun 6 ta unli va 25 ta undosh tovushni qo‘llanishi me’yor hisoblanadi.
Talaffuz me’yori. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakli bo‘lgani kabi, nutqda ham imloviy hamda talaffuz me’yorlari mavjud. Adabiy talaffuz me’yori til birliklarining og‘zaki nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir. Yozuv tufayli o‘zbek tilining imloviy me’yori anchagina durust holga keltirildi, lekin talaffuzda har xilliklar davom etib kelmoqda va bu hol o‘zbek tili nutq madaniyatiga ta’sir ko’rsatmoqda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:
1. Adabiy tilning og‘zaki me’yorlarini barcha bir xilda mukammal egallay olmagani sezilib turadi. Og‘zaki adabiy tilni egallash yozma adabiy tildan foydalanishga ko‘ra sustroq.
2. Adabiy tidda so‘zlovchilar nutqida mahalliy shevalar ta’siri kuchli. Bu ayniqsa, lahjaviy talaffuz va lahjaviy aksentlarda sezilib turadi.
3. O‘zbek adabiy talaffuzi doirasidagi ko‘zga tashlanuvchi xususiyatlardan biri keksa yoki yosh avlod nutqidagi tafovutdir.
4. Adabiy tilning og‘zaki shakli me’yorlarining qat’iylashuvida yozma nutq, yozilgan matnlar, talaffuz va imlo lug’atlari ijobiy rol o‘ynab keldi.
Imloviy me’yor. Imloviy me’yor, ya’ni yozuv me’yori adabiy tilning madaniylik darajasini boshlab beruvchi asosiy mezondir. Imloviy me’yor til vakillari tomonidan kelishilgan holda yuzaga keltiriladi va unga amal qilinishi maxsus qoidalar orqali yo’lga qo’yiladi. Me’yor sifatida tavsiya etilgan til unsurlaridan foydalaning millat vakillari uchun majburiy sanaladi.
Imlo qoidalari 1995 -yil 24 avgustda tasdiqlandi. Mazkur imlo qoidada 1956 -yil imlo qoidalaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilindi.Imloviy me’yorning mustahkamlanishida lug’atlarning roli benihoya katta ekanligini qayd etish zarur.
Grammatik me’yor. Tilshunoslikning nazariy jihatdan bir muncha mukammal ishlangan, so‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalari va gap tuzilishi ancha me’yorlashtirilgan bo‘limi grammatikadir. Adabiy til uchun turlovchi, tuslovchi hamda so‘z yasovchi qo‘shimchalarning eng ma’qul variantlari shevalar bilan qiyoslangan holda tavsiya etilgan va morfologik me’yor sifatida berilgan. Lekin nutqda bu me’yorlarning buzilish hollari uchraydi. Ko‘pincha qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari farqlanmaydi, - li va - lik qo’shimchalarini qo‘llashda qorishtirish hollari uchraydi: xorazmli paxtakorlar, xorazmlik paxtakorlar.
Adabiy tilning so‘z yasash shakllari ham shevalardan farqlanadi: olaylik — olayli, ketaylik - ketayli. Shevalardagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni adabiy tilga nisbatan ko‘p. Yaxshi, namunaviy nutqqa qo‘yiladigan talab uning grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishidir. Bu jihatdan og‘zaki va yozma nutq hamda she’riy nutq o‘ziga xos farqlarga ega. Har qanday holatda gap tuzish qoidalarini yaxshi bilish va ulardan to‘g‘ri foydalana bilish zarur.
Inversiyaning haddan tashqari qo‘llanishi ham sintaktik me’yorning buzilishiga olib keladi.
Lug’aviy me’yor. Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib so‘z tanlash imkoniyatlari uning leksik me’yorini belgilaydi. Adabiy til xalq tilida mavjud bo‘lgan so‘z variantlaridan eng ma’qulini ya’ni hamma uchun tushunarli bo‘lgan ko’rinishlarini tanlab olib, me’yor sifatida takdim etadi. Qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda ijtimoiy guruhlar tilida yashayveradi.
Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar eng avvalo leksikada o‘z ifodasini topadi. Shu tufayli ham leksikaning boyib borishi ham tildagi boshqa unsurlarga karaganda bir muncha faoldir.
Semantik - uslubiy me’yor. So‘z bir yoki bir nechta ma’noda bo‘lishi mumkin. So‘z ma’nolarining qaysi biri hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor ekanligini belgilash Semantik me’yor hisoblanadi. So‘zlarning ma’nosi tilning izohli, ikki tilli va atama lug’atlarda o‘z ifodasini topadi.
Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda vaziyat ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng ma’qulini qo‘llash zaruriyatidan paydo bo‘ladi. Shu ma’noda uslubiyat deganda, so‘z qo‘llash mahorati ham tushuniladi.
Tilning uslubiy me’yorini belgilashda til birligi qo‘llanilayotgan kontekstga qarab hukm chiqarish eng to‘g‘ri yo’ldir. Chunki har bir birlik nutq jarayonida o‘zining u yoki bu stilistik imkoniyatini namoyish etadi. Tilda esa bunday imkoniyat cheksizdir.
Xullas, me’yor tilning ijtimoiy vazifa bajarishining asosiy sharti bo‘lib, unga amal qilish, shu tilda so‘zlovchilar va yozuvchilar uchun majburdir. O‘zbek tilining qanchalik me’yorga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy o‘zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir.

M A SH Q I

A. Adabiy til me’yori nima?
B. Adabiy til me’yori davriy xarakterga egami?
D. Umumiy va xususiy norma nima?
E. Adabiy til normalari qanday tasnif qilinadi?
F. Fonetik me’yor nima?
G. Talaffuz me’yorining buzilishiga sabab?
J. Imloviy me’yor nima?
H. Sintaktik noprmaning buzilishiga nimalar sabab bo‘ladi?
I. “Norma hodisasi tilning barcha yashash shakllari uchun xosdir” degan fikr kimniki?

A.

Ism.


B.

Ism.


D.

Ism.


E.

Ism.


F.

Ism.


G.

Ism.


J.

Ism.


H.

Ism.


I.

Ism.





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin