Tafakkur haqida tushuncha: -tafakkur ideal hodisa; -tafakkur fikrlash jarayonidir;
-tafakkur bilish jarayonidir;
a)hissiy bilish ( korish, eshitish, tam bilish, rang bilish, teri
sezgilari);
b)mantiqiy bilish; - tafakkur mantiq kategoriyalariga amal qiladi.
Til va tafakkur munosabatlari:
- til va tafakkur bir xil hodisa;
- til va tafakkur alohida hodisalar.
MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir. Til fikrni moddiylashtiradigan, reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishini taminlab beradigan
quroldir. Tilsiz insoniyat bolmaydi. Til kishilarning bir-birlarini tushunishlariga, yashash uchun vositalar topib birlashishlariga, ishlab chiqarishni tashkil
qilishlariga yordam beradi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bolib, uning taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bogliqdir. Til faqat kishilarga xos bolib, ular uchun xizmat qiladi. Tilda kishilar, jamiyat taraqqiyotiga xos bolgan barcha ozgarishlar aks etadi. Har bir millatning dunyoda borligini korsatadigan asosiy belgisi ham tildir. Agar millat oz milliy tilini yoqotsa, uning ruhi ham yoqoladi. Jamiyatdagi ozgarishlar tilga tasir etadi, til ham jamiyatga tasir korsatadi. Adabiy tilning jamiyatga tasiri milliy birlikda, talim-tarbiyada korinadi. Jamiyatdagi axborot uzatish til orqali amalga oshiriladi. Keyingi paytdagi tilga etibor tufayli kopgina ozgarishlar amalga oshirildi. Eskirgan sozlar qayta faollashdi. MASHQ VA NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
-Kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?
-Nima uchun muomala murakkab jarayon hisoblanadi?
-Muomala sodir bolishi uchun nimalar zarur?
-Muomala odobi nima?
-Muomala jarayonida qanday rollar bolishi mumkin?
- Tabiiy muomala deganda nimani tushunasiz?
-Til qanday funksiyalarni bajaradi?
-Til jamiyatning qaysi sohalarida hizmat qiladi?
-Til qanday xususiyatlarga ega?
- Sotsiolingvistikaning eng yangi xulosalari qanday?