11. Matnni oqing. Uni ozbek tilining taraqqiyoti haqida
bilganlaringiz bilan toldirib sharhlang. Ozbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni
1989-yil 21-oktabrda qabul qilindi.
Mustaqillik sharofati bilan Davlat tiliga etibor kuchaydi, ona
tilimizning ijtiimoiy mavqeyi kengaydi. Ozbek tilining taraqqiyoti va
istiqboli togrisida gamxorlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul
qilindi. 1995-yilning 21-dekabrida Ozbekiston Respublikasining yangi
tahrirdagi Davlat tili haqidagi Qonuni elon qilindi. Bu qonun 24
moddadan iborat bolib, uning 1-moddasida asosiy qomusimiz
Ozbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek,
Ozbekiston Respublikasining davlat tili ozbek tilidir, deb yozib
qoyilgan.
Ozbek tilida togri, ifodali sozlash va yozish, ona tilimizning
sofligi va boyligi togrisida tinmay gamxorlik qilish, uning istemol
doirasini kengaytirib berish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi.
Xususan, har birimiz ozbek tilidagi soz boyligimizni oshirishimiz
hamda til imkoniyatlaridan orinli foydalanishga doimo harakat
qilishimiz foydalidir. Soz fikrning qurolidir, kishi qanchalik kop soz
bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng
boladi.
12. Berilgan tariflarni oz orniga qoying.
Esse
Biror hodisa, fakt haqida xabar va uning muallif talqinidagi tahlili.
Reportaj
Biror shaxs bilan suhbat.
Intervyu
Ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy hodisaning qisqacha tavsifi.
Maqola
Biror qiziq voqea guvohining jonli hikoyasi.
Ocherk
Muayyan masala boyicha shaxsiy taassurotlar va mulohazalarni
aks ettiruvchi uncha katta bolmagan hajmdagi erkin tuzilgan
nasriy matn.