Pedagogika instituti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

TAFAKKUR - insonning fikrlash qobiliyati, fikr yuritish, muhokama qilish
jarayoni. Obeyktiv borliqning, voqelikning tasavvur, tushuncha va
muhokamadagi inikos jarayoni. Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak
formasi. Tafakkur jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm va
tushunchalar shaklini oladi, so‘ngra muhokama, xulosa, nazariya va boshqa
shakllarda yuzaga chiqadi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon bo‘ladi.
Tafakkur bilish jarayonidir. Ma’lumki, bilishning ikki bosqichi farqlanadi:
1.Hissiy bilish.
2.Mantiqiy bilish.
Mantiqiy bilish yoki aqliy bilish - bilishning yuqori, murakkab bosqichidir. Aqliy bilishda narsa-hodisalarning ichki, umumiy, qonuniyatli,
mohiyatli, zaruriy xususiyatlari bilib olinadi. Aqliy bilishda fikrlash, tafakkur,
aql-farosat ishlatish zarur bo‘ladi. Aqliy bilish ilm-fan yo‘lidir.
Aqliy bilishning tushuncha, muhokama, mulohaza, xulosa, hukm, nazariya,
ilmiy faraz, tarixiy-mantiqiylik kabi shakllari mavjud.
Tushunchalar predmet, hodisalarning hamma xususiyat va belgilarini
emas, balki eng asosiy, muhim xususiyat va belgilarini, taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. Tushunchalarda obyektiv olamning sezgi obrazi emas,
balki fikriy obrazi aks etadi. Bilish jarayoni ilmiy maqsadlarga qaratilsa. bunday bilish ilmiy bilish deb ataladi. Ilmiy bilishning tajriba, kuzatish, eksperiment, qiyoslash, taqqoslash, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, tarixiylik va mantiqiylik kabi usullari mavjud. Til va tafakkur munosabatlari murakkab bo‘lib, bu munosabat turli fanlar tomonidan o‘rganiladi. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan hodisalardir. Tilsiz tafakkur bo‘lmagani kabi, tafakkursiz til ham bo‘lmaydi. Fikr tilda reallashadi. Tilsiz fikr mavjud emas. Tafakkurning moddiy qobug‘I tildir. Biroq til va tafakkur bir xil hodisa emas. Til material hodisadir. Tafakkur esa ideal hodisadir. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq 2020 - 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Konsepsiya o‘zbek tilini uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi Unga ko‘ra mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish lozim.




  1. Yüklə 0,91 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin