O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
«AXBOROTLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI»
kafedrasi
SUN’IY INTELEKT ALGORITMLARI VA TIZIMLARI
fanidan ma’ruza matnlari
Tuzuvchi: ass. Rashidov A.E.
Samarqand - 2021
Mundarija
1 – ma’ruza. Sun’iy intelekt tushunchasi. Sun’iy intelekt tizimlari.
2 – ma’ruza. Ekspert tizimlar. Ekspert tizimlari tarkibi.
4 – ma’ruza. Bilimni Ko’RSATISh uchun maxsulot QOIDAlaridan foydalanish
5 – ma’ruza. Bilimlarni tasvirlash usullari.
6- ma’ruza. Ekspert sistemalarida bilimlarni tasvirlash modellari
Maxsuliy (produksion) QOIDAlarining modellari
7- ma’ruza. Freymli modellar
8 – ma’ruza. Semantik modellar
9- ma’ruza. Ekspertdan bilim yaratish
Ma’ruza 1. Sun’iy intelekt tushunchasi. Sun’iy intelekt tizimlari.
Reja:
Intelektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot
Intelektual tizimlarning rivojlanish bosqichlari
Ekspert tizimlari. Ekspert tizimlarning xarakteristika va maqsadlari.
Ekspert tizimlarning oddiy ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlaridan farqlari.
Intelektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot
“Intellekt” (intelligence) termini lotinchadan (intellectus) so‘zidan kelib chiqib - aql, idrok, fikr, mulohaza ya’ni insonning fikrlash qobiliyati ma’nosini anglatadi.
Intellekt - inson miyasining intelektual masalalami yechish qobiliyatiga aytiladi. Ushbu jarayon asosan tajriba asosida ma’lumotlarni qabul qilib, eslab qolish va maqsadli bilimlarni o'zgartirish, hamda har xil sharoitlarda moslashtirishga asoslangan bo'ladi.
Intelekt – bu maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan faktlar va metodlar to‘plamidan iborat. Maqsadga erishish – bu faktlarga zaruriy qoidalarni qo‘llashdan iborat.
Misol. Fakt 1. Yonayotgan plita – issiq.
Qoida 1. AGAR qo‘lni yonayotgan plitaga tekkizilsa, U HOLDA kuyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |